топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Qarshi davlat universitetida umumxalq hashari o‘tkazildi

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

2018 yil 18 mart Qarshi davlat universitetida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Universitet hududi, o‘quv binolari, talabalar turar joylari va yordamchi binolarning atroflari obodonlashtirilib, manzarali mavsumiy gul va daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Hasharda 400 nafar professor-o‘qituvchi va 1900 nafar talaba ishtirok etdi. Uyushqoqlik bilan tashkil etilgan hasharda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
— 6,5 ga. maydon obodonlashtirildi;
— universitetga biriktirilgan Alisher Navoiy nomidagi viloyat istirohat bog‘i hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tartibga keltirish ishlari sifatli bajarildi;
— 10 tn. maishiy va qurilish chiqindilar hasharga jalb etilgan ikkita maxsus texnika vositasida hududdan olib chiqildi;
— 6 km. ariq va lotoklar tozalandi;
— 550 tup mevali, 340 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi;
— 2400 tup bir yillik, 1600 tup ko‘p yillik gul ko‘chatlari o‘tqazildi;
— 780 tup daraxtlar shakl berilib, oqlandi;
— 60 dona tut daraxti ko‘chatlari ekildi;
— hududdagi yo‘laklar ta’mirlanib, bordyurlar oqlandi;
— 25 dona tungi yoritgichlar qayta ta’mirlandi, yaroqsiz holga kelganlari yangisiga almashtirildi.
 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.