топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Odamlar har bir tizimdagi o‘zgarishlarni qalbdan sezishi kerak

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

O‘zLiDeP Qarshi shahar kengashi hamda Talabalar shaharchasi direksiyasi bilan hamrohlikda 2018-yil 16-yanvar kuni 4-talabalar turar joyida “Odamlar har bir tizimdagi o‘zgarishlarni qalbdan sezishi kerak” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Talabalar shaharchasi direktori N.Pardaqulov, O‘zLiDeP Qarshi shahar kengashi apparati rahbari F.Safarov, 4-TTJ tarbiyachi-pedagogi X.Rizayev hamda TTJda yashovchi talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni Talabalar shaharchasi direktori N.Pardaqulov olib bordi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidetni Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etgan Murojaatnomasi zamonaviy davlatchiligimiz tarixida ulkan o‘zgarish yasagan voqea, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan dasturiy ahamiyatga ega hujjat bo‘lganligi va Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini har bir fuqaromiz, ongi va qalbiga yetkazishimiz lozimligini, ana shundagina butun xalqimiz bir tan-u bir jon bo‘lib ulug‘ maqsadlar yo‘lida dadil qadam tashlay olishimiz zarurligini alohida ta’kidladi..
O‘zLiDeP Qarshi shahar kengashi apparati rahbari F.Safarov o‘z ma’ruzasida ushbu tarixiy hujjatda sarhisob qilingan, belgilab berilgan masalalar haqida gapirar ekan,  yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol, ulug‘ bobolarimizning munosib davomchilari bo‘ladigan yetuk insonlar etib tarbiyalash, o‘z kasbining haqiqiy fidoyisi bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, ularni innovatsion loyihalar va yangi g‘oyalar bilan ishlashga rag‘batlantirish, turizmni rivojlantirishda yoshlarning rolini oshirish, ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o‘qitish, yoshlarning xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, milliy sportimizni rivojlantirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini  targ‘ib qilish, yurtimiz kitob fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlarni har tomonlama o‘qib-o‘rganish va ularni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bilan  bog‘liq masalalar haqida ham fikr bildirdi.
Tadbirda talaba-yoshlar ham faol ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Jismoniy madaniyat fakulteti 4-kurs talabasi Choriyev Boboyor Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi talaba-yoshlarning hayotida  yangi umidlar nashidasini uyg‘otib, yanada ko‘proq va tinimsiz o‘qishga undashini hayajon bilan aytib o‘tdi.
Pedagogika fakulteti Mehnat ta’limi yo‘nalishi 4-kurs talabasi Normurodova Navro‘za esa mamlakatimiz rahbarining ma’ruzalarini tinglab ruhlanganligi ta’kidlar ekan,  mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, kutubxonalar fondini zamon talabi darajasida saqlash, ilmiy va badiiy merosni kelgusi avlodga yetkazish  borasidagi ishlar bugungi hayotimizning dolzarb talabi ekanligini aytib o‘tdi.
Qiziqarli tarzda o‘tgan tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.