топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov tavallud kuniga bag‘ishlab...

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан
 


2017 yil fevral oyida QarshiDU rus tili va adabiyoti yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, atoqli davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining buyuk farzandi – Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kuni munosabati bilan turli ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirishib, uning O‘zbekiston Respublikasining buyuk kelajagi yo‘lidagi ezgu ishlarini, xalqimizning ozodligi va farovonligi uchun, shuningdek, yosh avlodning bilimli, yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli hamda baxtli bo‘lishi uchun erishgan ulkan yutuqlarini yodga oldilar.

Tadbir davomida o‘qituvchi va talabalar uchun Birinchi Prezidentimizga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Shu bilan birga, talabalar tomonidan adabiy-badiiy kompozitsiya ham tashkil etildi.
Mas’ullar: f.f.n., dots. N.V.Kurasova, f.f.n., dots. L.N.Elmuradova, katta o‘qituvchilar: L.A.Xalilova, B.K.Sulaymanov, o‘qituvchi N.B.Azizova

2 изоҳ

avatar
Ислом Абдуганиевич Каримов  мустақил ўзбек давлатчилигининг асосчилари сифатида тарихга муҳрланди.  Ислом Каримовнинг номини абадийлаштириш, у кишига ҳурмат бажо келтириш Президентимиз Шавкат Миромонович томонидан юқори савияда ташкил этилгани диққатга сазовордир.
avatar
Албатта, шубҳасиз.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.