топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oliy majlisga murojaatnomasi – davlat boshqaruvida yangi uslub

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

Barchamiz bir haqiqatni chuqur tushunib, anglab olishimiz kerak: bugun gap xalqimiz, Vatanimizning taqdiri va kelajagi, jondan aziz bolalarimizning baxti va kamoli haqida bormoqda. Shunday ulug‘ maqsadlar yo‘lida barchamiz belimizni mahkam bog‘lab ishlashimiz, bor aql-zakovatimiz, bilim va tajribamizni, jonajon Vatanimizga farzandlik mehrimiz va sadoqatimizni safarbar etishimiz kerak.
SH.M.Mirziyoyev 

2018 yil 19 yanvar kuni Qarshi davlat universiteti rektori rahbarligida prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari, kafedralar mudirlari va universitet jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni universitet rektori, professor B.Shoimqulov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini mamlakatimiz aholisi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ahamiyatiga to‘xtaldi.
Shundan so‘ng, B.Shoimqulov so‘zni Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti A.Erkayevga berdi.
A.Erkayev Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, ijtimoiy va dolzarb ahamiyati haqida to‘xtalib, ushbu Murojaatnomada belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturining respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotida katta ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Tadbir so‘ngida universitet rektori B.Shoimqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va akademik guruhlarida keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazishning lozimligini ta’kidladi.

1 изоҳ

avatar
Qarshi davlat universitetida yurtboshimizning  Oliy Majlisga murojaatnomasi bo'yicha yuqori darajali o'quv seminari tashkil qilinganligi hozirgi kunda juda muhim hisoblanadi. Bunday o'quv seminarlari ko'proq tashkil qilinishi tarafdoriman.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.