топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Navoiyga ehtirom

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

2017 yil 7 fevral kuni Qarshi davlat universitetining faollar zalida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan Pedagogika fakultetining Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi va Musiqa ta’limi kafedralari tomonidan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirni universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori, dotsent B.Jo‘rayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarni bu ayyom bilan tabriklab, buyuk ajdodimiz, benazir shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi har yili an’anaviy tarzda respublikamiz ta’lim muassasalarida keng nishonlanib kelinayotganligini, istiqlol yillarida mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy shaxsiyati, boy ilmiy-ma’naviy merosiga bo‘lgan e’zoz-u ehtirom yuksak darajaga ko‘tarilganligini ta’kidladi.
 Tadbirda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Rahmatullayeva Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonini yoshlar ma’naviyati va ta’lim-tarbiyasida tutgan o‘rni mavzusida ma’ruza qildi.
 Adabiy-badiiy kecha davomida Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish va Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan Navoiy hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, g‘azallar va dostonlardan namunalar o‘qib berildi. Musiqa ta’limi kafedrasining mudiri M.Murodov tomonidan ijro etilgan musiqiy kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
 Adabiy-badiiy kecha mazmunli o‘tdi. Tadbirni Pedagogika fakulteti dekani dots.SH.Nurullayeva o‘z fikrlari bilan yakunlab, tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.