топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ISLOM KARIMOV – MUSTAQIL O‘ZBEKISTON ASOSCHISI

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

Islom Karimov nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat, obro‘- e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan siyosatchi va davlat arbobi edi.
SH.M.Mirziyoyev

2018-yil 26-yanvar kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan
“Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy, xotira tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi, universitet Ilmiy ishlar prorektori, professor L.Yoziyev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni haqida gapirdi.
Shundan so‘ng tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov viloyatimizda birinchi rahbar bo‘lib ishlagan kezlarida u kishi bilan hamsuhbat bo‘lgan, yelkama-yelka ishlagan, u kishi bilan zamondosh bo‘lgan  “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Y.Inoyatov, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi E.Rajabov, universitet professori A.Erkayevlar o‘z xotiralarini yig‘ilganlarga so‘zlab berdilar. Ular Islom Karimovning serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirgani, nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilganliklarini e’tirof etdilar.
Shuningdek, mustaqil yurt farzandlari, O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi xodimi, Germaniya Akademik almashinuv xizmati granti sohibi O.Movlonov, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi, universitetning Tabiiy fanlar fakulteti talabasi G.Kattaboyevalar so‘zga chiqib, buyuk yo‘lboshchi, mustaqillik me’mori, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning olib borgan oqilona siyosatlari, barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarga ko‘rsatgan otalarcha g‘amxo‘rliklari haqida  yuksak ehtirom va iftixor bilan so‘zladilar.
Mustaqilligimiz asoschisi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bu inson xalqimizni nafaqat mustaqillikka olib chiqdi, balki uni mustahkamlash yo‘lida butun borlig‘ini baxshida etdi.
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.