топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

           Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarimizni davom ettirish – bizga tinchlik, omonlik kerak deb yashaydigan bag‘rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Inson qadri ulug‘, manfaatlari hamma narsadan ustun bo‘lgan yurtimizda ezgu niyatlar ila umrguzaronlik qilayotgan keksalar juda ko‘p. Shu kunlarda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilayotgani ham mamlakatimizda inson sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilganini ifodalaydi.
                 2018-yil 8-may kuni Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi, Pedagogika-psixologiya yo‘nalishlari 1-2-3 kurs talabalari hamda shu kafedra professor-o‘qituvchilari “Turkiston” ko‘chasi 80-uyda  yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi  Nasirova  Vera Andreyevnaning xonadoniga 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan  tashrif buyurib, ularni bayram bilan muborakbod etdilar.  Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Vera Andreyevna Vatan qadri, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va xotirjamlik, dorilomon  kunlarning qadriga yetish haqida maroqli so‘zlab berib, ikkinchi jahon urushidagi ayanchli voqea-hodisalar haqida so‘zlab berdilar.
       1925-yilda Ukrainaning Xarkov oblasti, Volchansk rayonining Verxniy Saltov qishlog‘ida  tavallud topgan Vera Andreyevna 1941-yilda endigina 16 bahorni qarshi olgan edi. To‘satdan boshlangan mudhish urush barchaning tinch osuda hayotini izdan chiqarib yuborganligi va urushning olovli nuqtalarida yosh razvedkachi bo‘lib, Vatan himoyasi uchun xizmat qilganligi haqida boshidan o‘tkazganlarini aytib berdilar.
       Urush boshlangan 1941 yildan 1948 yilgacha Donetskda razvedkachi bo‘lib ishlagan.
       Besh nafar maktab o‘quvchilaridan iborat otryad kunduzi nemis-fashistlar haqida ma’lumot yig‘ib, kechasi daryo orqali o‘tib partizanlarga yetkazganlar. Vera komendaturada farrosh bo‘lib ishlab, partizanlarga kerakli maxsus ma’lumotlarni yetkazgan.
       1948-yilda o‘zbek jangchisi Nosirov Najim aka bilan tanishib qoladi va ular oila qurib aynan shu yili O‘zbekistonga kelgan. Hozirgacha Qarshi shahri “Turkiston” ko‘chasining 80-uyida istiqomat qiladi.
       Vera Andreyevna hozir 93 yoshda, u 26 yil Qashqadaryo viloyati yo‘l qurilishi boshqarmasida hisobchi bo‘lib ishlagan. Ayni paytda yurtimiz mustaqilligiga, istiqlol bergan imkoniyatlar, mamlakatimizdagi tinchlik-totuvlik, barqaror turmush buyuk ne’mat ekanligini davra suhbatlarda, uchrashuvlarda maroq bilan so‘zlashdan charchamaydi.       
          Pedagogika kafedrasi tomonidan tashkil etilgan 9-may “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlangan uchrashuv yoshlar tarbiyasida mehr-oqibat, hamjihatlik, bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga sodiq avlodni kamol toptirishga xizmat qiladi.


 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.