топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ijod mahsuli

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан
Barchamizga ma’lumki, ijod olami har bir soha vakilini xoh u dehqon bo‘lsin, xoh siyosatchi o‘ziga maftun etmay qolmaydi. Chunki ijodkor xalqning qalb tubidagi gavharga teng tuyg’ularni, ichki kechinmalarini sayqallab xalqqa qaytaradi. Shu sababdan ijod qilish jarayoni muallif zimmasiga so‘zni qadrlay olish mas’uliyatini yuklaydi.
Beg’ubor bolalik onlarimdanoq meni o‘ziga oshno etgan bu olamda ijod qilish qanchalik zavqli bo‘lsa, shunchalik mas’uliyatli hamdir. Shunisi quvonarliki, so‘z san’ati yordamida biror ijodiy ish yarata olish ilhom qanotlari ostida faqat o‘zingizgagina ma’lum bo’lgan o‘y-hayollar osmonida qush kabi parvoz eta olish zavqini tuyishdir. Shu kunga qadar bu olam menga ko‘plab tanlovlarda ishtirok etish, g’olib bo’lish, bir-biridan iqtidorli yoshlar bilan do‘stlashish baxtini nasib etdi.  2017-2018 o‘quv yilidagi sa’y-harakatlarim natijasida erishilgan yutuqlar samarali deb topilib, shu yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan “Yil talabasi” tanlovining “Yilning eng ijodkor talabasi” nominatsiyasidan dastlab xorijiy tillar fakulteti, keyin Qarshi davlat universitetida 1-o‘rinni egallab Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdim.
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan barcha sohalarda  olib borilayotgan jadal islohatlar davrida ko‘pchilik yoshlar qatori mening kamtarona mehnatlarimga yuksak e’tibor qaratildi. Ushbu  e’tibor va e’tiroflar bolalar adabiyotining nasr yo‘nalishidagi yaratajak  ertak, hikoyalarim orqali  ma’naviyatli o‘zbek yoshlarini tarbiyalashda o‘z hissamni qo‘shish uchun tinimsiz harakatda bo‘lishga undaydi, bolalarni o‘zbekona ruhda tarbiyalash istagi esa har bir boshlanajak ishimda menga sabr, kuch va tayanch bo‘la oladi.
 
Xolmatova Kibriyo Mirzayevna
Xorijiy tillar fakulteti 4- kurs talabasi.
“Yil talabasi”Respublika tanlovining
“Yilning eng ijodkor talabasi” nominatsiyasi
bo‘yicha Respublika bosqichi ishtirokchisi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.