топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Giyohvandlikka qarshi kurashish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан
2018-yil 10-noyabr kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida Qashqadaryo viloyat davlat xavfsizlik xizmati, Qarshi shahar ichki ishlar bo‘limi, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida “Giyohvandlikka qarshi kurashish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” mavzusida professor-o‘qituvchilar  va talabalar ishtirokida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni  universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi T.Valiyev olib bordi. Tadbir davomida Qashqadaryo viloyat davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi S.Nurullayev va Qarshi shahar jinoyat-qidiruv bo‘limi boshlig‘i H.Hazratov “Talaba-yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish va oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish” mavzusida, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi oliy toifali shifokori D.Turopova “OIV va OITS profilaktikasi” mavzusida ma’ruza qildilar. O‘tkazilgan tadbir erkin suhbat va savol-javob tarzida davom etdi. Talabalar giyohvandlik va narkomaniyani oldini olish borasidagi olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan javob oldilar.
Bunday tadbirlar kelgusida ham muntazam o‘tkazib borilishi haqida kelishib olindi.


1 изоҳ

avatar
Один вопрос: почему такие страны как Канада, США, некоторые из Европейских стран легализуют либо декриминализируют употребление марихуаны? Они что убивают свой народ или поняли, что вреда от этого не очень много?
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.