топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nayxart Hyofer-Vissing (Neichart Höfer-Wissing)ning Qarshi davlat universitetiga tashrifi

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

2017 yil 21 fevral kuni Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nayxart Hyofer-Vissing (Neichart Höfer-Wissing)ni Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Alisher Mahmudov kutib oldi. Mehmonni universitet ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori L.H.Yoziyev  qabul qildi. Elchi nemis tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va nemis tili ta’lim yo‘nalishi barcha kurs talabalariga “Nemis-o‘zbek o‘rtasida aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza so‘nggida Nemis tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti G‘.K.Xo‘jayev,katta o‘qituvchilar Sh.Kuvanova va A.Ahmedov, o‘qituvchi N.Mahmudova hamda nemis tili ta’lim yo‘nalishi talabalari ma’ruza yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etishdi. Tadbir so‘nggida talabalar ijrosida “Nemis tilini Qarshi davlat universitetida o‘rganilishi” mavzusida qisqacha sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Janob Nayxart Hyofer-Vissingga esdalik sifatida «Janub javohiri» nomli kitob taqdim etildi. Tadbir mazmunli va qiziqarli o‘tdi. Tadbir nemis tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va nemis tili ta’lim yo‘nalishi talabalarida katta taasurot qoldirdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.