топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

BAYROG‘IMIZ − MILLIY G‘URURIMIZ TIMSOLI

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан
BAYROG‘IMIZ − MILLIY G‘URURIMIZ TIMSOLI
Yaqinda men Toshkent shahriga borganimda Xalqlar do‘stligi saroyi oldiga  o‘rnatilgan 65 metr balandlikdagi O‘zbekistonimiz bayrog‘ining go‘zal va betakror hilpirayotganligini ko‘rib va unga tikilib ona-Vatanimiz, jannatmonand yurtimizning butun salohiyatini va borlig‘ini his etdim. Millatni millat qiladigan, uning qaddini rostlaydigan, oriyati va yuksakligini isbotlaydigan ramzlaridan biri bayrog‘imizga qarab, yana bir bor o‘zimda iftixor tuyg‘usini tuydim.   
Bayrog‘imiz har bir hilpiraganida o‘zgacha bir tuyg‘u meni qamrab oldi va to‘lqinlantirib yubordi. Go‘yo bayrog‘imiz hilpiraganida xalqimizning ori va donishmandligi namoyon bo‘layotganday edi. Bu oriyat esa bizga tarix sahnasida ulkan iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan.
Mahobatli bayrog‘imizga tikilar ekanman, qalbimda Prezidentimizga, ona-Vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat jo‘sh urib, qalbimni faxr va iftixor tuyg‘usi egallab oldi. Bu yerga kelayotgan odamlarning izi uzilmas, bayrog‘imizga tikilib qarayotgan yuz-yuzlab yurtdoshlarimizning quvonchlarining chek-chegarasi yo‘q edi. Ular bayroqqa har bir tikilib qaraganlarida yuzlaridan va ko‘zlaridan o‘zgacha bir faxrlanish tuyg‘usini sezish qiyin emas edi. Yana bir marotaba chuqur anglab yetdimki, bayrog‘imiz ham madhiya va gerbimiz kabi millatimizni va xalqimizni, bir-birimizni mehr rishtalari bilan bog‘lab turgan buyuk Vatanimizning ulkan timsollaridan biri ekanligi shubhasiz. 
Xalqlar do‘stligi saroyi oldida ushbu davlatimiz ulkan bayrog‘ining o‘rnatilganligi hamda bu maydonga Shomahmudovlar yodgorligining uygun holda joylashganligi takrorlanmas tarixiy ahamiyat kasb etib turibdi.
Bu ezgu ishlarning barchasi Muhtaram Prezidentimizning ona-Vatanimizga, davlatimizga, xalqimizga va yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tiborlari, cheksiz g‘amxo‘rliklarining natijasidir deb bilaman.
 
 
O‘ZBEKISTON DAVLAT BAYROG‘I
Vatanimiz iftixori, ramzisan,
Mustaqillik timsoli, sen naqshisan.
Elim ko‘rki, kamolining qaddisan,
Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i!
 
O‘tmish-u, bugun va ertamiz ramzi,
Tinchliku, shon-shuhrat, sadoqat ramzi.
Charog‘on, musaffo yo‘limiz ramzi,
Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i!
 
Hilpirasang mag‘rur ko‘klarni bezab,
Yuraklarda g‘urur tuyg‘usi kezar.
O‘zbekning dovrug‘in dunyolar sezar,
Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i!
 
Shohsanam  BOBOJONOVA
Qarshi davlat universiteti 1-bosqichmagistranti
 
“Navoiy” Davlat stipendianti

0 изоҳ

Мақола муаллифи изоҳ қолдиришни маън этган.