топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Balli qizlar” bellashuvi

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

2017 yil 6 mart kuni Qarshi davlat universitetining faollar zalida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda fakultet boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida 8 mart Halqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Balli qizlar” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar  prorektori, dotsent B.Jo‘rayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ishtirokchilarni bu ayyom bilan tabriklab, dunyoda eng aziz inson bo‘lgan onalar hamma vaqt e’zoz topib kelganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bugungi kunda mamlakatimizda Respublikamizda  xotin-qizlar ana shu e’tirofdadirlar.
Fakultetdagi  6 ta ta’lim yo‘nalishi talabalaridan 6 nafari 4 ta shart bo‘yicha  bellashuvga kirishishdilar.Talabalar tanishtiruv, erkin mavzu, insho yozish va pazandachilik shartlari bo‘yicha bellashdilar. Bellashuv jarayonida shartlarga puxta tayyorgarlik ko‘rganliklari ularning chiqishlari jarayonida ko‘rinib turdi.
Balli qizlar bellashuvi yakuniga ko‘ra Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi Chorshanbiyeva Shoxsanam 46 ball, Musiqa ta’lim yo‘nalishi talabasi Qodirova Kibriyo 46 ball, Tasviriy san’at yo‘nalishi talabasi Usmonova Madina 44 ball, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi Abdullayeva Layli 41 ball, Pedagogika psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi Tilovova Qizlarxon 41 ball, Mexnat ta’lim yo‘nalishi talabasi Normurodova Navro‘za 41 ball olib turli naminatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.