топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

AZIZ VATANDOSHLAR, HAR KUNINGIZ NAVRO‘Z BO‘LSIN

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

 2018 yil 17 mart kuni Qarshi davlat universitetida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan milliy ko‘rinishdagi teatrlashgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
 
Fakultet jamoalari o‘zlariga ajratilgan hududlarni bayramona dekoratsiyalar, xalq amaliy san’ati namunalari, qadimiy osori atiqalar bilan bezadilar.
Dasturxonlarga bahoriy noz-ne’matlar va Navro‘z taomlari tortiq etildi. Shuningdek, har bir fakultet o‘z yo‘nalishiga mos tarixiy buyuk ajdodlarimiz siymosini yaratdilar. Barcha fakultetlar qadriyatlarimizga aylangan turli xil milliy an’analar jarayonining jonli namoyishini tashkil etdilar.
Tadbir folklor qo‘shiqlari, chanqovuz kuyi, xalq termalari, aytishuvlar va zamonaviy milliy qo‘shiqlar bilan davom etdi. Navro‘z tantanasiga vohamizning taniqli san’atkorlari ijrosida diltortar qo‘shiqlar va O‘zbekiston Xalq baxshilari Qahhor baxshi va Abdumurod baxshi Rahimovlar ijrosida termalar yangradi. Shuningdek, jamoa ahli va talaba-yoshlarni taniqli olimlar va professor-o‘qituvchilar qutladilar.
“Navro‘z” umumxalq bayrami sayli munosabati bilan universitet rektorati tomonidan tanlov e’lon qilindi va g‘oliblar aniqlanib, quyidagicha rag‘batlantirildi:
1. I o‘rin “Eng namunali milliy taomlar va badiiy bezagi uchun” Tabiiy fanlar fakulteti -kompyuter jamlanmasi bilan taqdirlandi.
2. II o‘rin “Milliy qadriyatlar tarannumi va folklor jamoalari chiqishi uchun” O‘zbek filologiyasi fakulteti — printer(3x1) bilan taqdirlandi.
3. III o‘rin “Xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandchilikni targ‘ib qilganligi uchun” Pedagogika va “Sumalak sayli hamda milliy qo‘shiqchilik san’ati targ‘iboti uchun” Xorijiy tillar fakultetlari – bittadan printer bilan taqdirlandilar.
Navro‘z ayyomiga bag‘ishlab, universitet o‘yingohida “Milliy kurash” musobaqasi tashkil etilib, sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.
Tadbir viloyat televideniyesi va matbuotda yoritildi.
 
  
 
 
 

 

1 изоҳ

avatar
Ha, Navro'z shodiyonalari O'zbekistonimizning barcha go'shalari singari Qarshi davlat universitetida ham munosib nishonlanibdi. Albatta, bu bayram millatimizning asosiy bayrami sifatida tilga olinishi bejiz emas...
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.