топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Akademiklar bilan uchrahuv

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан

2017-yil 29-dekabrda Prezidentimiz Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari prof. A.Sagdullayev, prof. A.Hakimovlar 2018- yil 19-20-yanvar kunlari Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
Akademiklar “Yo‘l xaritasi”siga asosan joriy yilning 19-yanvarida Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi tumanlarida bolishib, me’moriy obidalar, umumta’lim muassasalarida bo‘lishdi va uchrashuvlar o‘tkazishdi.
2018-yil 20-yanvarda akademiklar A.Sagdullayev va A.Hakimovlar Qarshi davlat universiteti rektori prof. B.Shoimqulov huzurida suhbatda bo‘lishdi. So‘ngra Tarix va ijrimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasida bo‘lishib, o‘quv jarayoni bilan tanishishdi hamda Tarix yo‘nalishi talabalari, Qarshi DU qoshidagi akademik litsey o‘qituvchilari, malaka oshrish markazi kurslari tinglovchilari tarixchi yoshlar bilan suhbat o‘tkazishdi.
Suhbat davomida ular zamonaviy tarix fanini o‘qitishning dolzarb masalalari, yangi bosqichda ilm-fan taraqqiyoti yoshlar siyosati masalalariga alohida to‘xtalishdi va o‘z fikr-mulohazalarini slaydlar yordamida tushuntirishdi.
Suhbat qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi, talabalar va tarixchi o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.

1 изоҳ

avatar
Prezidentimizga ilm-fanga katta e'tibor berganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ilm-fanga e'tibor bergan davlat albatta rivojlanadi, deb uylayman.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.