топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yangi yilda-yangi kuch

Наврўзинг муборак Ўзбекистоним!
Жамият


17 mart kuni Olmaliq shahar 20-umumta’lim maktabida Navro’z bayramiga bag’ishlab “Yangi yilda-yangi kuch” shiori ostida o’qituvchilar o’rtasida sport musobaqasi bo’lib o’tdi. Unda SHIJOAT va CHAQQONLAR guruhlari ishtirok etishdi. SHIJOAT guruhi a’zolari: Raxmonov Farxod, Usmonov Bahodir, Yakubov Saidg’olib, Umaraliyeva Nilufar, Asranova Mastura, Shonazarova Nazokat,  Shonosirova Gulchehra, Shabbozova Muqaddam, Abduqodirova Shahnoza, Anorqulova Shahnoza.
CHAQQONLARguruhi a’zolari: Xudoyqulov Atham, Daminov Ulug’bek, Kamolov Komil, Nazirova Dilnoza,   Toyloqova Dilfuza, Yuldosheva Dilorom, Eshonxo’jayeva Dilnoza, Shabbozova Dilbar, Fayziyeva Aqida, Omonova Lobar.
  Musobaqa quyidagi shartlar asosida bo’lib o’tdi:
  1. Tanishtiruv ( emblema, shior, devoriy gazeta)
  2. Basketbol to’pini halqaga tashlash.
  3. Armstrong bellashuvi (erkaklar o’rtasida)
  4. To’pni tik nishonga uloqtirish.
  5. Arqon tortish.
  6. To’pni to’siqlar orasidan olib yurish.
  7. To’pni boshdan uzatish.
  8. O’rtaga tushar.
Musobaqa o’rtasida 6-v sinf o’quvchisi Xonjonova E’zozaning gimnastika bo’yicha musiqiy chiqishi namoyish etildi. U musobaqa ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.
Musobaqani maktab direktori va fan o’qituvchilari baholab borishdi. Musobaqa quvnoq va qiziqarli bo’lib  o’tdi. SHIJOAT guruhi 185ballni va CHAQQONLAR guruhi 180 ballni qo’lga kiritdi.
Musobaqa yakunida maktab rahbari Ergasheva Inoyat Amanovna qatnashchilarni munosib taqdirladi.
    

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.