топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Toshkent davlat agrar universitetida Navro'z ayyomiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Наврўзинг муборак Ўзбекистоним!
Жамият
Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go'zal va dilbar fasl – Navro'zi olam kirib keldi.
      Navro'z ayyomini xalqimiz naqadar orziqib va intizor bo'lib kutib olayotgani, bu bayramni eng qadimiy va asl milliy bayram sifatida ardoqlab o'tkazishimiz bejiz emas. Chunki Navro'zi olam o'lkamizga qadam qo'yishi bilan har birimiz yon-atrofimizdagi mavjudotning uyg'onishi, kurtaklar va gul-chechaklar ochilishi, yuz berayotgan o'zgarishlardan, bahor nafasidan bahramand bo'lamiz.Shu fayzli kunlarda har qanday gina va arazlar, nizo va adovatlarni unutamiz. Barcha-barchaga sog'lik-omonlik, baxt tilab, keksalar duosini olishga hozir bo'lamiz.
Davomini o'qish
     Mana bir necha kundirki Vatanimizning barcha hududlarida Navro'z bayrami keng nishonlanmoqda. Bayram munosabati bilan shaharu qishloqlarda, mahallarda, ta'lim muassasalarida turli tadbirlar, ko'rgazmalar, sayillar bo'lib o'tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 25 mart kuni Toshkent davlat agrar universitetida o'tkazildi. “Ezgulikning mangu tantanasi!” mavzusida o'tkazilgan mazkur saylda O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, “Kamolot” YoIH ning Toshkent viloyati, Qibray tumani bo'limilaridan taklif etilgan mehmonlar hamda universitetning barcha professor-o'qituvchilari, xodim va talabalari faol ishtirok etdilar.
      Atrof yam-yashil. maydon bayramona bezatilgan, ko'k somsa, ko'k chuchvara kabi Navro'z taomlari ila bezatilgan dasturxonlar, doshqozonlarda qaynayotgan sumalaklar, halimu boshqa milliy taomlar, turli ko'rgazmalar, dorbozlar o'yinlari kishiga o'zgacha zavq bag'ishlaydi.
     Tadbirni kirish so'zi bilan ochgan universitet rektori Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich barchani bayram bilan tabriklar ekan, bunday shodiyona kunlar faqat tinchlik hukm surayotgan mamlakatlardagina nishonlanishi, bularning barchasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasi ekanligini ta'kidlab o'tdi.
    Maydon markaziga o'rnatilgan sahnada taniqli san'atkorlar va universitet talabalari tomonidan tayyorlangan, milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz aks etgan qo'shiq va kuylar, askiyalar, sportning kurash, tosh ko'tarish, armrestling turlari bo'yicha o'tkazilgan musobaqalar yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.






0 изоҳ

Мақола муаллифи изоҳ қолдиришни маън этган.