топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

TABRIKNOMA!!! RAXMAT SIZGA MUHTARAM PREZIDENTIM!

Namangan Muhandislik Qurilish Instituti
   TABRIKNOMA!!! RAXMAT SIZGA MUHTARAM PREZIDENTIM!

       O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi PF–5106-son Farmoni, 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi
      PQ–3138-son qaroriga asosan, 2017-2018 o’quv yilida Namangan muhandislik-qurilish institutida to’lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo’lgan, umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichi 86 % va undan yuqori bo’lgan va kontrakt summasining 35 % ni moddiy qo’llab-quvvatlash tariqasida to’lab berildiganini mamnuniyat ila e’lon qilamiz. 
       Institutimizning ilm-fan, madaniyat, sport va san’at kabi turli yo’nalishlarda salmoqli natijalarga erishib kelayotgan hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqining 24 nafar faol a’zolariga O’zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkilot Yoshlar yetakchisi tavsiyasiga asosan jami 58975000 (Ellik sakkiz million to’qqiz yuz yetmiz besh ming) so’m miqdorida mablag’ bilan rag’batlantirilgani barcha yoshlarni quvontirib yubordi. 
      Yoshlar mana shu yuksak e’tibor uchun Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga samimiy tashakkurlarini izhor etishmoqda! Kelgusida mazkur talabalar yangi tashabbuslar bilan Muhtaram Prezidentimiz hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan bildirilgan katta ishonchni albatta oqlashga va’da berishmoqda! 
      Fursatdan foydalanib g’oliblarimizning ota-onalariga ham chinakam vatanparvar va iqtidorli farzandni voyaga yetkazganingiz uchun minglab yoshlar nomidan cheksiz ehtirom ila minnatdorchilik bildiramiz!
     Barcha g’oliblarni biz ham samimiy qutlagan holda quyida ularni ro’yxati e’lon qilamiz:

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.