топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Tabrik xati

Yagonasan muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go'zal O'zbekistonim!
Жамият
Tashna bo’lsangiz – suvning qadriga, och qolsangiz nonning qadriga, yiroqda bo’lsangiz Vatanning, yaqinlaringizning  qadriga yetar ekansiz. To’g’ri bu tuyg’uni so’z bilan tushuntirish qiyindir, ammo bu tuyg’u ulug’ va purviqor tuyg’u  — bu tuygu Vatan sog’inchi, Bu tuygu muqaddas tuyg’udir.
Hozirda xususiy kontrakt bo’yicha Yemen Arab Respublikasida shifokor bo’lib ishlayapman. Biror kunimiz yo’qki, O’zbekistonni yodga olmasam,  hatto gospitalimizning  mudiri Muhammad Abduhamid 21- mart Navro’z kuni, 1-sentabr Mustaqillik kunida O’zbekistonlik shifokorlarga dam olishga ruxsat beradi, chunki uning –o’zi ham Toshkent Davlat meditsina institutini bitirgan. O’zbekistonni yaxshi biladi va bu bayramlar bizda qanday nishonlanishidan xabari bor. To’g’ri, bu yerda notinch o’tgan kunlarni ham ko’rdik. Bu barchaga ayon. Mana shu xunrezliklarni kurib, yaqinlarim, oilam, farzandlarim tinch va osuda O’zbekistonimda yayrab yurganiga yaratganga ming bor shukronalar aytaman.
Mening ikki nafar farzandim, hozir ona Vatanim O’zbekistonda oliygoh talabalari. Turmush urtogim esa tibbiyot xodimasi.
Ug’lim Turabov Ulug’bek Samarqand Qishloq  xo’jaligi instituti talabasi. Qizim  Turabova Zarina ham Samarqand Davlat Chet tillar instituti talabasi. Ular menga xat yozganida doim o’z institutini maqtab ustozlarining ularga berayotgan ta’lim tarbiyasi haqida yozishadi. Men bu xatlarni qayta-qayta o’qib ko’zlarimga surtaman. Ularning mana shunday ulug’ maskanlarda tahsil olayotganligidan dilimda faxr va iftixor tuyg’usi mavj uradi. Ularning yurtimizga, xalqimizga, Prezidentimizga sodiq farzandlar bo’lib yetishayotganligidan shodman.
 
Mana bugun yurtimnig moviy osmonida oq kabutarlar parvoz etmoqda. Bu esa tinchligimizdan, osoyishtaligimizdan nishona. Men mana shunday olis yurtda turib yurtimning tinchligidan, yaqinllarimning oila –a’zolarimning osudaligidan baxtiyorman.
 
Ona diyorim O’zbekistonimning ulug’ va muqaddas bayrami Mustaqillik kuni bilan barcha Samarqandliklarni, yurtdoshlarimni, yaqinlarimni, oila-a’zolarimni, qolaversa, farzandlarimga ta’lim-tarbiya berayotgan oliy dargoh, Samarqand Davlat Chet tillar instituti rahbariyatini va professor – o’qituvchilarini mustaqilligimizning 25 yilligi bilan tabriklayman. Ularga yoshlarga ta’lim –tarbiya berishda sog’liq-salomatlik, ustozlik kasblariga zafarlar yor bo’lsin.
 
Yurtboshimiz sog’ va omon bo’lsinlar, yurtimiz hamisha tinch va farovon bo’lsin!
 
Husanov O’ktam,
 
Yaman arab Respublikasi,
 
 shifokor.
 
 
 
 
 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.