топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Navro’zingdan aylanay Vatan!

Mansur Yunus
Шеърият ва адабиёт

O’zbek xalqi! Bu muqaddas so’z qulog’imizda jaranglar ekan, eng avvalo, shijoatimiz, g’ururimiz,iftixorimiz jo’shadi. O’zbek  xalqi asrlar davomida o’zining  urf-odati, an’anasi, madaniyati,tarixi bilan butun bashariyatni o’ziga jo etgan va etib kelmoqda.
          O’zbek xalqiga to’ylar,bayramlar yarashadi.Bu so’z bejizga aytilmagan, albatta.Yainkim, mustaqil O’zbekiston mehmondo’stligi, ochiqko’ngilligi,shirin suhbati bilan insonlar ko’nglidan joy olmoqda. Misol, bir o’zbek oilasida to’y bolsa, qavmi-qarindosh, tanish-bilish, og’a-inilardan tortib,qo’shnilar,chekka-chekka mahallalardan shu ulug’ kun, to’yga o’z hissasini qo’shish uchun hashar uyushtirishar,yoki har xil noz-ne’matlar ulashishadi. Xalqimizda o’zbek to’y qilsa, el biladi degan afsonaviy gap bor.

          O’lkamizda bahor! Bahor faslini biz bejizga uyg’onish, yangilanish fasli,yainkim, fasllar kelinchagi deb bejizga aytmaymiz.Kelinchak o’zining chiroyi, odobi, husni bilan go’zal bolsa, bahor ham shunday chiroyga ega. Bahor faslida butun borliq qayta uyg’onadi.daraxtlar,lolaqizg’aldoqlar,boychechak,chuchmomo,moychechaklar qiyg’oz gullar, qushlar honish aylar. Qizlar atlas ko’ylak, boshda gulchambar, qoshlarda o’sma, ko’zlardaa surma, yigitlarimiz boshda do’ppi belda belbog’ bilan javlon urib mehnatga shong’iydilar. Ijod falsafasi degan tuyg’u shoirlarimiz, san’atkorlarimiz, yozuvchilarimizda kurtak yoya boshlaydi. She’rlar, asarlar yozib,kuylar honish etadilar.Yangilanish va ezgulik timsoli bolgan Navro’z falsafasi xalqimizga mansub odamiylik, mehr-muruvvat va himmat kabi yuksak xususiyatlar asrlar davomida ildiz otib,komillikka yetaklamoqda. Milliyligimiz sharchashmasi bo’lgan ulug’ kun Navro’z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon boladi. Navro’zda gina-arazlar unutiladi, yor-do’stlar bir-birini ziyorat qilishadi. Momolarimiz, amma, xolalarimiz Navro’z bayramining taomlari sumalak, halim, ko’k somsa, yalpizli taomlar, holvalar pishirishadi. Sumalak Navro’z bayramining shoh taomi hisoblanadi.Momo-buvilarimiz oylab bug’doy ko’kartirib, sumalakka taraddud ko’rishadi. Sumalak kechasi erta tonggacha sumalak atrofida o’yin- kulgu qilishib,sumalak qozg’ab, pok niyat tilashadi. Ollohni ulug’lab,yurt tinchligiga,osmonimiz musoffoligiga shukronalar aytib,bola-chaqalar, qavmi-qarindosh sog’-salomat, omad yor bo’lishini tilashadi. Milliyligimiz yana bir poydevori milliy xalq o’yinlarimiz; oq terakmi, ko’k terak, chillak, xo’roz urushtirish, yigit qizlar o’rtasida she’rxonliklar uyushtirishadi.
        Milliyligimiz boqiy ekan, ma’naviyatimiz mustahkamdir.
 
                                                         Bekzodsulton Bekmatov, O’zMU talabasi. O’zMTDP Olamzor tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” yetakchisi 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.