топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“San’atda ham o’rnakmiz” mavzusida tanlov o’tkazildi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
2015 yil 24 noyabr kuni Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiprofessor-o’qituvchilari o’rtasida  “San’atda ham o’rnakmiz” mavzusida  tanlov o’tkazildi. Tanlovda  “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim” kafedrasi professor- o’qituvchilaridan tuzilgan “Shodlik”, “Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar” kafedrasining “Ziyo”, “Amaliy va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasining “Navo”, “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasining “Tabiiy”, “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasining “Quvnoqlar”, “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasining “Filolog”va institut axborot resurs markazining “ARM” jamoalari bellashdilar. Ishtirokchilar 2 ta shart ya’ni, 1-shart zamonaviy va milliy yo’nalishdagi qo’shiq, 2-shart  sahna ko’rinishi shartlar bo’yicha bellashdilarTanlov shartlari bo’yicha ishtirokchilarning chiqishlarini institutning ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar prorektori M.Musurmonova, Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri xodimasi Gulchexra Begimova, Jizzax shaxar 8-maktabnining musiqa fani o’qituvchisi Jamshid Ikromovlardan iborat hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordilar. Tadbir davomida musiqa kursi tinglovchilari ham faol ishtirok etdi va o’zlarining san’atlarini tamoshabinlarga taqdim etishdi.
Muxlislar noyabr oyida tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari. Tanlov yakuniga  ko’ra I-o’rinni “Tabiiy va aniq  fanlar ta’limi” kafedrasining “Tabiiy”,  II-o’rinni “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim”kafedrasining “Navo”, III-o’rinni “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim”kafedrasining “Gulg’unchalar” va  “Ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar”kafedrasining “Ziyo”, IV-o’rinni “Pedagogika-psixologiya va menejmenti”kafedrasining “Quvnoqlar”,  V-o’rinni “Til va adabiyot ta’limi”kafedrasining “Filolog” va ARM guruxlari egalladilar. G’oliblar institut raxbariyatining  faxriy yorlig’i va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.