топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Keksalarni e’zozlab – duosini olaylik” shiori ostida xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent viloyati Qibray tumani Salar shaxarchasi “Bobur” maxalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan xamkorlikda “Keksalarni e’zozlab – duosini olaylik” shiori ostida xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Aksiya doirasida universitetga yaqin maxallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muxtoj boquvchisini yoqotgan, yolg‘iz qolgan qariya va nogironlarga amaliy yordam berish, mexnat fahriylari xolidan xabar olish maqsadida turli chora-tadbirlarni olib borish, keksalarga hurmat-ehtirom, mexr-oqibat ko‘rsatish yuzasidan Ulug’ yo’l ko‘chasi 1-berk ko’chasi 22 xonadonda istiqomat qiluvchi mexnat faxriysi Muhamedova Anvarxonapa xolidan xabar olindi. Shu bois bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’tabar qariyalarimiznig unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanimizni unutmasligimiz, qo‘limizdan kelganicha ularning og‘irini yengil, umrini uzoq qilishni o‘zimizning insoniy burchimiz deb bilishimiz lozimligini xis qilgan xolda ushbu aksiya bo‘lib o‘tdi. Keksa onaxonimiz bizni kuzatayotgan paytlarida uzundan uzoq yaxshi niyatlar bilan duo qildilar va keyingi ishlarimizda omad yor bo‘lishini, o‘qishlarni eson-omon a’lo baxolarga bitirishimizni tilab qoldilar.

0 изоҳ

Мақола муаллифи изоҳ қолдиришни маън этган.