топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ahillikda hikmat ko‘p

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Totuvlik va o‘zaro hamjihatlik oilalardagi sog‘lom muhitni ta’­minlab berishi barchamizga ma’lum. O‘zidan tingan, farzandlarini uyli-joyli qilib, tinch va osoyishta umr kechirib kelayotgan otaxonu onaxonlarga har qancha havas qilsak arziydi. «Istiqbol» MFYda yashovchi Akbar Sunnatillayev va Fotima Sunnatillayevalar xonadoni shu jihatdan mahalladagi namunali oilalardan biri.
76 yoshni qarshi olgan ota­xon va 68 yoshli Fotima momo bizni sa­­mimiy tabassum bilan qarshi olish­di. E’­tirofga loyiqligi, ular­ning har ik­ka­lasi ham pedagog. A. Sun­natillayev qirq yilga yaqin xalq ta’­limi so­ha­sida mehnat qilgan. Turmush o‘rtog‘i esa o‘t­tiz yilga yaqin tu­mandagi mak­tab­lar­da rus tili va ada­biyoti fa­ni­dan dars bergan. Shu bois, ta’­lim sohasi fi­doyilari bilan suhbati­miz, av­va­lo, ushbu jab­hada amalga oshi­ri­la­yotgan is­lo­hot­lar, ulkan o‘z­ga­rishlar haqida bo‘ldi.
— O‘g‘il-qizlarimiz qanday chiroyli, ko‘r­­kam ta’lim maksanlarida bilim olish­­­moqda, — deydi A. Sunnatil­layev. — Ular uchun barcha sharoitlar yara­tilgan. Xohlasa, sportda, xohlasa, fan yo‘­­nalishida o‘z iqtidorini namoyon eta olishadi. Chekka tumanlarda ham BO‘SM, musiqa maktablari barpo eti­layap­ti. Bularning bari — mustaqilligimiz mevasi. Tu­manimiz yoshlari ana shu im­­ko­niyat­lar­dan unumli foydalanib ke­­lish­moqda. Istiqlolning dorilamon kun­larida bilim olib, yurtimizga mu­nosib far­zand bo‘lish yigit-qizlar­i­mizning aso­siy shio­ri.
Otaxon nabiralariga ham doim ki­tob bilan oshno bo‘lishni, o‘qib-o‘rga­nish­dan charchamaslikni uqtiradi. Bu ziyo­li oilada kamolga yetgan to‘rt na­far farzand — Botir, Nigora, Umida, O‘k­­­tamlar ham ota-onalari singari oliy ma’lumotli bo‘lishdi. Bugungi kun­­­­da ular turli sohalarda samarali xizmat qilib kelishmoqda.
— Bu xonadon MFY binosiga yaqin joylashgani ham bizga qo‘l keladi, — deydi «Istiqbol» MFY maslahatchi­si Dilbar Mansurova. — Chunki ular yarash­­tirish komissiyasi a’zolari. Qay­­­­­si bir oilada kelishmovchilik yuza­­­­­­­ga kelsa, uni nuroniylarimiz mas­lahatlari bilan bartaraf eta­miz. Ularning o‘gitlari yosh oila qur­gan­lar­ga as­qo­tadi. Akbar bobo ham, Fo­­ti­ma momo ham juda kamtar, xush­muomala nu­­­roniyla­ri­mizdan. Yoshlar bilan o‘tka­za­yotgan oila mustah­kam­li­giga ba­­­­­­g‘ish­langan tadbir­la­rimizda ular­ning ishtiro­ki­dan xursand bo‘­la­miz.
— Oilalarning tinch bo‘­lishi bir-bi­rini tushu­nish­­dan boshlanadi, — dey­di Fotima momo. — Qay­no­na ke­lin­ni qi­ziday ko‘r­sa, kelin ham xush­muo­malalik­ni kan­da qil­­­masa, ahil­­lik­ka eri­shi­la­di. Ahil­lik­­da hikmat ko‘p. Tinch oila­da ulg‘a­yish far­zandlar tar­­biya­siga ijobiy ta’sir qiladi. Ov­sinim bi­lan hech «sen-menga» bor­maganmiz. Bi­ror ish­ni qilishdan ol­­din doim masla­hat­lashardik. Ho­zir ham o‘sha muno­sa­bat­la­ri­miz o‘z­garma­gan. Far­­zand­­larimiz ham mehr-oqi­batli bo‘­lib kamol to­pish­di. Har bir ota-ona­ga o‘g‘il-qizlari ro­hatini ko‘­rish nasib etsin. Elimiz­dagi tinch­lik, xotir­jam­likka ko‘z teg­masin!
Ellik yil birga umrguzaronlik qi­lib kelayotgan Akbar bobo va Fotima momoning ahillikka erishganlari ular­­­­ning chin baxti ekani rost. Ortga qaytarkanmiz, yurtimizda ana shunday fayzli, farishtali xonadonlar ko‘­­pa­­ya­­­­­versin, deb niyat qildik.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.