топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+79.78
avatar

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"

Батафсил

“Keksalarni e’zozlab – duosini olaylik” shiori ostida xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Жамият
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent viloyati Qibray tumani Salar shaxarchasi “Bobur” maxalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan xamkorlikda “Keksalarni e’zozlab – duosini olaylik” shiori ostida xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ксерокс признавали бесполезным изобретением

Жамият
Можно ли представить нашу современную жизнь без ксерокса? Ежедневно во всем мире изготавливаются миллиарды ксерокопий, и сложно поверить в то, что у изобретателя этого незаменимого аппарата ушли годы на то, чтобы запустить свое «детище» в массовое производство. Честер Карлсон, выпускник

2015 йилнинг Ўзбекистонга оид энг муҳим ҳодисалари

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Поёнига етаётган 2015 йил Ўзбекистон учун кўплаб муҳим ҳодисаларга бой бўлди. Гарчи ўтаётган йил дунё миқёсида терроризм, қуролли можаролар, муҳожирлар инқирози, табиий офатлар ва бошқа глобал чақириқларга тўлиқлиги билан инсоният тарихидан жой олаётган бўлса ҳам, Жаннатмакон юртимизда осойишталик, тинчлик ва фаровонлик ҳукм сурди, ҳар қайси соҳада тикланиш, юксалиш ва тараққиёт кузатилди, халқимизнинг турмуш даражаси ортди. Эришилган ютуқ ва муваффаятларимизни бирма-бир санасак, вақт ҳам, имконият ҳам етмаслиги аниқ. Келинг, шу сабабдан 2015 йилда Ўзбекистонда содир бўлган энг муҳим воқеа-ҳодисалар тўғрисида қисқача тўхталиб ўтсак.

Юз ёш билан юзлашиб

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Куни кеча ТТАда “Кексаларни эъзозлаш йили” муносабати билан “Кариси бор уйнинг — париси бор” мавзусида карилик гаштини сураётган, дуогуй, 90 ёшдан ошган булсада хали хам от устида турган Мирсовир хожи ота Пулатов билан учрашув булиб утди. 

Дарёдил отахон рафикалари, рахматли Ҳабиба ая билан 8 фарзандни камолга етказиб, уй-жойли килиб, 47 набира, 27 эвара куришга муяссар булган. Давра сухбатини ТТА маърифат-маънавият ишлари проректори профессор Т.А.Бобомуродов очиб берди ва “Кексаларни эъзозлаш йили” муносабати билан Тиббиёт академиясида олиб борилаётган ишлар тугрисида тухталиб утди.
 
 

“San’atda ham o’rnakmiz” mavzusida tanlov o’tkazildi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
2015 yil 24 noyabr kuni Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiprofessor-o’qituvchilari o’rtasida  “San’atda ham o’rnakmiz” mavzusida  tanlov o’tkazildi. Tanlovda  “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim” kafedrasi professor- o’qituvchilaridan tuzilgan “Shodlik”, “Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar” kafedrasining “Ziyo”, “Amaliy va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasining “Navo”, “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasining “Tabiiy”, “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasining “Quvnoqlar”, “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasining “Filolog”va institut axborot resurs markazining “ARM” jamoalari bellashdilar. Ishtirokchilar 2 ta shart ya’ni, 1-shart zamonaviy va milliy yo’nalishdagi qo’shiq, 2-shart  sahna ko’rinishi shartlar bo’yicha bellashdilarTanlov shartlari bo’yicha ishtirokchilarning chiqishlarini institutning ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlar prorektori M.Musurmonova, Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri xodimasi Gulchexra Begimova, Jizzax shaxar 8-maktabnining musiqa fani o’qituvchisi Jamshid Ikromovlardan iborat hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordilar. Tadbir davomida musiqa kursi tinglovchilari ham faol ishtirok etdi va o’zlarining san’atlarini tamoshabinlarga taqdim etishdi.
Muxlislar noyabr oyida tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilari. Tanlov yakuniga  ko’ra I-o’rinni “Tabiiy va aniq  fanlar ta’limi” kafedrasining “Tabiiy”,  II-o’rinni “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim”kafedrasining “Navo”, III-o’rinni “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim”kafedrasining “Gulg’unchalar” va  “Ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar”kafedrasining “Ziyo”, IV-o’rinni “Pedagogika-psixologiya va menejmenti”kafedrasining “Quvnoqlar”,  V-o’rinni “Til va adabiyot ta’limi”kafedrasining “Filolog” va ARM guruxlari egalladilar. G’oliblar institut raxbariyatining  faxriy yorlig’i va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Праздник пройдет организованно

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Как сообщают из благотворительного общественного фонда «Махалла», основная цель — проведение новогодних праздников на высоком организационном уровне. В связи с этим на проводимых встречах населению, особенно молодежи, даются рекомендации по празднованию Нового года. 

Ahillikda hikmat ko‘p

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Totuvlik va o‘zaro hamjihatlik oilalardagi sog‘lom muhitni ta’­minlab berishi barchamizga ma’lum. O‘zidan tingan, farzandlarini uyli-joyli qilib, tinch va osoyishta umr kechirib kelayotgan otaxonu onaxonlarga har qancha havas qilsak arziydi. «Istiqbol» MFYda yashovchi Akbar Sunnatillayev va Fotima Sunnatillayevalar xonadoni shu jihatdan mahalladagi namunali oilalardan biri.
76 yoshni qarshi olgan ota­xon va 68 yoshli Fotima momo bizni sa­­mimiy tabassum bilan qarshi olish­di. E’­tirofga loyiqligi, ular­ning har ik­ka­lasi ham pedagog. A. Sun­natillayev qirq yilga yaqin xalq ta’­limi so­ha­sida mehnat qilgan. Turmush o‘rtog‘i esa o‘t­tiz yilga yaqin tu­mandagi mak­tab­lar­da rus tili va ada­biyoti fa­ni­dan dars bergan. Shu bois, ta’­lim sohasi fi­doyilari bilan suhbati­miz, av­va­lo, ushbu jab­hada amalga oshi­ri­la­yotgan is­lo­hot­lar, ulkan o‘z­ga­rishlar haqida bo‘ldi.

2018 yildan pensiya uchun ma’lumotnoma yig‘ib ovora bo‘lmaysiz

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
O‘zbekistonda 2015-2017 yillarda «Pensiya» dastur majmuasi negizida pensiya ta’minoti bo‘yicha idoralararo yagona «Nafaqa» axborot tizimi joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 19 oktyabr kuni qabul qilingan qarorida ko‘zda tutilgan.
«Nafaqa» tizimi qog‘oz ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olishni bekor qilishi bilan keksa kishilarga qulaylik tug‘dirishi kerak. Qarorda qayd etilishicha, ushbu tizim pensiya va nafaqalarni ham o‘z vaqtida moliyalashni ta’minlab berishi lozim.
«Nafaqa» Adliya Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, «O‘zarxiv» agentligi, Oliy sud va mamlakat tijorat banklarining axborot tizimlari bilan integratsiyalanadi.

Yurt tinchligi uchun kurashganlar

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Namangan shahrining Yakkasada To’ramirza ota Dadajonov Ikkinchi jahon  urushi  janggohlarida fashizmga qarshi jasorat ko’rsatgan yurtdoshlarimizdan biri. Ayni chog’da keksalik gashtini surayotgan otaxonning xonadoni hamisha  uni yo’qlab turadigan insonlar bilan gavjum. Bugun Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi xodimlari tabarruk qariyaning hovlisiga 15 turga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi bilan kirib kelishdi.
-Bunday e’tibordan biz keksalar doimo e’zozdamiz, deydi To’ramirza ota Dadajanov. Mana yaqindagina “Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlandim. Bunday kunlarga faqat shukrona qilishimiz kerak.

Keksalar hayoti — ibrat maktabi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
2015 yilning «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi munosabatibilan qabul qilingan Davlat dasturidan ko‘zlangan asosiy maqsad, keksalarninghayot darajasi si­fatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945yillardagi urush va mehnat fronti fax­riylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti,tibbiy xizmat ko‘r­satishni takomillashtirish hamda keksalarning jamiyatdagio‘rnini mustahkamlashga qaratilgani bilan dolzarb ahamiyatga ega.
Bu ezgu ishlarni amalga oshi­rish uchun qulay tashkiliy-hu­quqiy shart-sharoitlaryara­tishga qaratilgan qonunchilik va meyoriy-huquqiy ba­zani yanada takomillashtirishgakat­ta e’tibor qaratildi. Urush va meh­nat fronti faxriyla­ri­ni manzil­li, ijtimoiyhi­moya qilish, yolg‘iz qariyalar hamda nogironlarga ko‘rsa­tila­digan ijtimoiy, maishiyxiz­matlar ro‘yxatini kengayti­rish, ularni tizimli sog‘lom­lash­ti­rish­ni tashkil etish,profilaktika tad­bir­larini ko‘paytirish, ko‘rish va eshi­tish organlari, tayanch-harakattizi­mi, yurak-qon tomir kasal­lik­la­rini davolashning zamona­viy usullari bilanqamrab olish kabi vazifalar belgi­lab berildi.

Ulr borki, hayotimiz fayzli

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Buxoro viloyatining Peshku tumani Malishoyak qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 91 yoshli Rajab bobo Safarovning uyiga Buxoro shahridan bir guruh shifokorlar keldi. Turli zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng otaxonga uy sharoitida davolanish tavsiya etildi. Albatta, muolaja jarayoni qishloq vrachlik punkti shifokori nazoratida amalga oshiriladi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari hamda Buxoro Davlat tibbiyot instituti professorlaridan iborat kardiolog, terapevt, oftalmolog, stomatolog, urolog, nevropatolog, travmatolog va boshqa shifokorlar guruhlari jalb etildi.

Inson salomatligini asrash – muhim vazifa

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida xalqimiz salomatligini asrash, imkoniyati cheklangan keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaydi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘natilgan Salomatlik poyezdi ana shunday ezgu ishlardan biridir.
Joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimizning olis va chekka hududlariga tashkil etilgan shunday poyezdlar tarkibidagi mutaxassislar tomonidan yetti ming nafardan ziyod aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu bilan birga, aholiga hamda hududlardagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiy jihozlar, sanitariya-gigiyena vositalari, vitaminlar yetkazib berildi.

Duo qilish baxtiga muyassar bo’lganlar

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Halima xola Faxriddinovani yo’qlab hovliga kirib borganimizda, tomorqa tomonidan bizga peshvoz chiqib kelgan onaxonni ko’rib, to’g’risi, biz so’roqlagan ayol bu kishi bo’lmasalar kerak, deb o’yladik. CHunki 90 yoshdan oshgan onaxonning dehqonchilik ishlari bilan shug’ullanib yurishlari, albatta, kishini hayron qoldirardi. Salkam bir asrlik hayot yo’llarida yuzlaridagi anduhlar chizgan ajinlar chuqurlashgan bo’lsa-da, qadlarini tik tutgan, yurishlari tetik, bardam.
Qo’ymay so’riga yakandoz to’shab, nevaralariga choy qo’yishni buyurdilar. Avvaliga biz xolani urintirib qo’ymayapmizmi, deb xijolat bo’ldik. U bu yumushlar har kungi ermagi ekanligini, chorbog’ va mol-qo’ylardan xabardor bo’lib turmasa, zerikib qolishini aytganida, ko’nglimiz xotirjam bo’ldi.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi raqamlarda

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
2015 yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan:
2 990 nafar 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarining har biriga 300 ming so‘mdan, jami 897 mln. so‘m pul mukofoti manzilli  yetkazildi.
26 ming 774 nafar keksa kishilarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, uy-joyni ta’mirlash, kommunal xizmatlarga haq to‘lash ko‘rinishlarida jami 3 mlrd. 734 mln. so‘mlik ijtimoiy ko‘mak berildi.

Yuz bilan yuzlashganlar hamisha davlatimiz e’tiborida

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Xushxabarning qanoti bor, deyishadi. Haqiqatda, chek-chegara bilmas yaxshi gap elaro tez tarqaydi. Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida xatirchilik Umit momo Yuldasheva muhtaram Prezidentimiz farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani haqidagi xabar bir zumda dashtu dalalar uzra keng quloch yoydi. Asr bilan yuzlashgan momoning yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lganini eshitganlar uni qutlagani shoshilishdi. Biz yangiliktalab jurnalistlar ham tabarruk onaxon huzuriga otlandik.
Manzil tomon borar ekanmiz, nigohlarni dashtu dalalar ta­rovati o‘ziga maftun etdi. Ay­niq­sa, bepoyon Langartog‘, keng­liklar uzra yastangan qishloq­lar, bog‘u rog‘lar, obod hovli­lar jamoli diqqatimizni tort­di. Bu zamin odamlari yurt ma’murchiligi, ertangi kuni tashvishi va yaratuvchanlik ishqi bilan yonib yashayotganiga, Oltinsoy — haqiqiy fidoyi­lar maskani ekanligiga amin bo‘ldik. Yozning jazirimasi-yu, qishning qahratoniga bardosh berib, tog‘u toshloqlardan rizq-nasiba yaratayotgan inson­lar mehnatiga tasanno aytdik. Bobomeros chorvadorlik va mi­rishkorlik kasbini ulug‘lab, mu­rakkab dasht sharoitida mash­hur Oltinsoy uzumlari, Uchqora mayizlari, ta’mi til­ni yorar lalmi qovun-tarvuz­larni yetishtirayotgan yurt odam­lari hayoti, ularning od­diy turmush tarzi, bu diyor tarovatiga havasimiz ortdi.

Jahonning eng keksa ayoli O‘zbekistonda istiqomat qilayotgani e’lon qilindi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Xorazm viloyati Yangibozor tumani Qalandardo‘rmon qishlog‘i “Mang‘it” mahallasida istiqomat qilayotgan Momojon Romanova “Darakchi” gazetasi tomonidan nafaqat O‘zbekistonning, balki jahonning eng keksa ayoli deb e’lon qilindi. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, onaxon 119 yoshda.
Foto: “Daryo”
 “1896-yilda tug‘ilganman”, — deydi Momojon Romanova. Onaxonning 11 nafar farzandi, 50 nafardan ziyod nevarasi, 70 dan ortiq chevarasi bor.

Keksalikning odobi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Chehrasida oy balqib turgan nuroniy otaxon-onaxonlarni ko‘rganingizda xayolingizdan nimalar kechadi? Go‘yoki farishtaga duch kelgandek, ko‘nglingizda xotirjamlik inadimi? Yoningizdan muattar keksalik hidini taratib o‘tishsa ortidan ko‘zlaringiz to‘la havas bilan qarab qolasiz-a? Keyin o‘z-o‘zingizga, “ajinlari hayot mashaqqatlari, turmush sinovlaridan so‘ylab turgan bo‘lsa-da, bunchalik am yoqimli, nuroniy bo‘lmasa bu odam? Ilohim, menga ham shunday piru badavlatlik nasib etsin” deb qo‘yasiz. Ilohim, har birimizga shunday keksalik, shunday iymon sifatlari yuzidan yog‘ilib turgan qarilik nasib etsin. Axir, zil-zambil hayot yo‘llarining mashaqqatini yengib, keksalik saodatiga yetish ham baxt. Farishtali keksalar o‘ziga yarashiqli kiyinadi, yarashiqli so‘zlaydi. Yurish-turishida ham, nasihatomuz kuzatishlarida ham saboq bor ularning. Bunday nuroniy, fazilatli keksalarimizning har bir bosgan izi hikmat, har bir og‘zidan chiqqan so‘zi ilm.  Bejizga qarisi bor uyning parisi bor, demaydi, xalqimiz.

“Oltinsoy”ning shifobaxsh suvi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Dengiz sathidan 400 metr balandlikda, Oqtov yon bag‘irlarida joylashgan “Oltinsoy” sanatoriysi bugun mamlakatimizning turli burchaklaridan tashrif buyuradiganlar uchun haqiqiy dam olish maskaniga aylangan.
Bir paytlar qishloq shifo­xo­­­nasi sifa­ti­da xizmat ko‘r­­sat­gan bino mus­­taqillik yil­larida qay­­ta ta’mir­lanib, 2009 yil­da foy­da­la­nishga top­shirildi va sa­­natoriyga ay­­lan­­tirildi. Da­volash xona­la­ri zamona­viy tibbiyot us­ku­na­lari bilan jihozlandi. Dam oluv­­­chilar uchun barcha sha­roit­lar yara­til­di. Bugungi kunda bu maskanda respublika­mizning Xorazm, Buxoro, Sa­mar­qand, Qash­­­qa­daryo, Surxon­daryo vi­loyat­laridan kelgan be­morlar o‘z sog‘liqlarini tik­lab qay­ti­shmoqda.