топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Samarqandga sayohat

JizDPI
Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 798-sonli buyrug‘i asosida institut professor-o‘qituvchilari va talabalarini 2018 yilda Xiva, Buxoro va Samarqand kabi tarixiy shaharlarga uyushgan holda turistik sayohatga borishni tashkil etish to‘g‘risidagi institut rektorining buyrug‘i hamda institutda qabul qilingan “Sog‘lom turmush tarzi” Dasturi ijrosini ta’minlash, institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlarning mazmunli dam olishlarini tashkil etish maqsadida 2018 yil 11 yanvar kuni Samarqand shaxriga institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlardan iborat institut jamoasining (105 nafar) sayohatlari amalga oshirildi.
Samarqand shaxriga sayohat davomida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov haykallari poyiga gulchanbar qo‘yildi, maqbaralari ziyorat qilindi, shuningdek, Imom al-Buxoriy, Registon, Bibixonim, Shoxizinda kabi ziyoratgohlarga tashriflar amalga oshirildi.

 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.