топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Baxt va bahor kuychisi

JizDPI
Илм-фан
Tadbirni maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Isroilova F ochib berdi.U o‘z so‘zida Zulfiyaxonim butun o‘zbek ayollariga ibrat timsoli ekanligini, aqlliligi, xushfe’lligi, dono, oqilaligi bilan ayollarimizga o‘rnak bo‘la olishliklarini aytib o‘tdi. Uning dilbar she’rlardagi har bir misra Vatanga muhabbat, yorga sadoqat bilan jaranglaydi.Zulfiyaxonim she’rlarida tabiatning go‘zal manzaralari, tog‘lar va bog‘lar ko‘rki, abadiy muhabbat va sadoqat yaqqol ko‘zga tashlanadi.Jumladan uning “Xalqimga aytar so‘zlari” she’rida shunday misralar bor:
O‘zing tashna etding, o‘zing suv tutding
Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim
Seni seva-seva men boyib ketdim
Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim.
          Shundan so‘ng so‘zga Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Yadgarova  Iroda chiqdi.U ham yaqindagina shahrimizga Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon haykallari o‘rnatilganligini, bu esa zabardast shoirlarimizga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom belgisi ekanligini aytib o‘tdi.
Bu yerda shoirga qo‘yildi haykal
Inson zakovati, aqli, mehri-bu
Yuksak tabiatga berilgan sayqal
She’riyat qudrati, san’at sehri bu
          Tadbir yakunida talabalar tomonidan Zulfiyaxonim she’rlaridan go‘zal namunalar o‘qildi,shundan so‘ng tadbirning badiiy qismida Zulfiyaxonim obraziga kirgan talaba qiz o‘qigan monolog qalblarni larzaga soldi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.