топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ajdodlarimiz merosi –bebaho ne’mat

JizDPI
Илм-фан
Joriy yilning 13 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida   O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda institut axborot- resurs markazi hamkorligida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining  577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan  “ Ajdodlarimiz merosi –bebaho ne’mat” mavzusida adabiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda  O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti  professor- o‘qituvchi va talabalari,  institut axborot- resurs markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.

       Tadbirni O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani professor U.Jumanazarov kirish so‘zi bilan ochib:  “ O‘zbek xalqining ma’naviy dunyosini shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlar- Alisher Navoiy  va Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizdir. Biz ularning mo‘‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz”, -deya ta’kidladi.
     So‘ngra, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi dotsent U. Qosimov so‘zga chiqib: ”Ikki benazir ulug‘ zotlar xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxslar bo‘lib, ular milliy adabiyotimizning g‘ururidir”-dedi.
      Tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari  tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari  namoyish etildi hamda adiblarimizning g‘azal va ruboiylaridan parchalar o‘qildi.
      Tadbirda JDPI  ARM xodimlari tomonidan tayyorlangan “Ajdodlarimiz merosi- ma’naviyatimiz sarchashmasi” mavzusidagi adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlarni   ARM xodimasi M. Bobonazarova qisqacha sharhlab  berdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.