топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Boshlang`ich ta`lim o`qituvchilarida milliy qadriyatlar va jismoniy barkamollikni tarbiyalash

JizDPI
Илм-фан

Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommaviylashtirish orqali o‘quvchi-yoshlarni jismoniy barkamolligini yaxshilash mamlakat kelajagini yuksaltirishga bo‘lgan katta e'tibor, deb ta'kidlagan.



 


Mamlakatimizda 27 milliondan ziyod aholi istiqomat qilishini e'tiborga olsak, shundan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 10 million 360 ming nafarni, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar esa 7 million 80 ming nafarni tashkil qiladi. Ushbu ma'lumotlarga  qaraganda mamlakatimizda yashab istiqomat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar umumiy aholining 64 foizini tashkil qiladi. Albatta, mamlakatimizda yoshlarni jismoniy barkamolligini ta'minlash maqsadida sport turlari bo‘yicha barcha imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, mahallalarda, ta'lim muassasalarida, maxsus sport majmualarida zamon talablariga mos ravishda sport inshoatlari va jihozlari mavjud.


 


Xar bir millatda shaxslarning turli soxalarida o‘z xalqi, mamlakati va millatiga shuxrat keltiruvchi xususiyatlari ko‘p. Sportdagi iqtidorli kishilar xam bundan chetta qolmayotir. Sportning eng ulug‘vor xususiyati shundaki, mamlakatlar va millatlarning do‘stona munosabatlari, xalqaro madaniy aloqalarini bog‘lashlari va ular bilan bog‘liq texnik yo‘nalishlar, savdo, siyosat ishlarini bir-biriga yaqinlashritish, xatto mustaxkamlashda xizmat qiladi. Bu jarayonlar qit'alar va jaxon birinchiliklari, xalqaro turnirlar ayniqsa Olimpiya o‘yinlarida ko‘prok namoyon bo‘lmoqda. Shu asosda O‘zbekiston xam deyarli barcha mintaqalaridagi ko‘p davlatlar bilan turli soxalarda aloqador bo‘lib, ishlab chiqarish,savdo, tijorat, madaniyat, fan, sport va boshqa javxalarida yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Takidlanganidek nufuzli xalqaro sport musobaqalari, ayniqsa Olimpiya o‘yinlarida g‘olib, chaqqon sportchilarni shoxsupalarga chiqarib, ularni medallar, sovg‘alar bilan taqdirlashda sportning millati, irqini ajratish kamsitish mumkin emas. G‘olib sportchi yoki jamoa sha'niga bag‘ishlab davlat madxiyasining yangrashi va bayroqning baland ko‘tarilishi sportdagi millatni ulug‘lash ramzidir. Bundan davlat raxbarlari, xalq va sport ishqibozlari ma'naviy jixatdan manfatdor bo‘ladi.


 


Bizga tarixdan ma'lumki, xalqimiz pahlavonlari Alpomish, Rustami Doston, pahlavon Maxmud kabi polvonlarimizni juda ko‘p davlatlar tan olgan. Ular  xalqimizning shon-shuhratini himoya qilganlar. Eng qiziqarlisi, ularning yuqori natijalarga erishishida hozirgi kundagi shart-sharoitlar bo‘lmaganligi tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan bizning ota-bobolarimizda yurt-ozodligi, uni ravnaqi, o‘z kuch qudrati bilan o‘z yurtini himoya qilish kabi insoniy fazilatlar  asosiy mezon hisoblangan. Qurilgan madaniy obidalarini ko‘z-ko‘z qilish va shu bilan birga o‘z barkamolligini oshirish uchun harakat hayotiy ko‘nikmalardan hisoblangan.


 


Aholini sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarini takomillashtirish va  sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan turli davlat olimlari shug‘ullanib kelganlar. Shu jumladan, buyuk mutafakkirlarimiz Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur va boshqalar madaniy meroslarida ham  kishilarning sog‘lig‘i, salomatligi, ruhiyat va jismoniy quvvatining rivojlanishi hamda sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida fikr yuritganlar.


 


Jahon amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli namunalari ma'lum. Ularning aksariyatida milliylik va umuminsoniylik tamoyillariga amal qilinganligi uchun ham katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.



O‘quchilarning jismoniy barkamolligini rivojlantirish va milliy qadriyatlarni ongiga singdirishda quyidagi sifat-fazilatlarni shakllantirish lozim, deb o‘ylaymiz;


-o‘quv mashg‘ulotlar jaryonida o‘quvchilarni  har bir fan bo‘yicha tarixiy rivojlanish haqidagi bilimlarini oshirish;


-sog‘lom turmush tarzini shakillantirishda ulug‘ allomalarimizning o‘gitlari to‘g‘risida suhbatlar, seminarlar tashkil etish;


-olimpiada sovrindorlari, Jahon chempionlari, viloyat sport faxriylari bilan «Sport va uning ahamiyati to‘g‘risida» suhbatlar tashkil etish ;


— talabalar yotoqxonalarida «Sport – tanga rohat», «Sog‘lom tanda – sog‘ aql», «Ulug‘ allomalarimizning sportga bo‘lgan qarashlari» to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish;


— o‘quvchi-yoshlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish orqali sabr-chidam; ruhiy, psixologik, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘ziga ishonch, qat'iyatlilik, fikrlashga o‘rgatish, topqirlik, hozir javob bo‘lish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish kabi fazilatlarni shakllantirish va hokazo.


Agar biz ushbu sifat-fazilatlarni yosh avlodning ongida, tafakkurida mujassam eta olsak, milliy qadriyatlarimiz orqali yoshlarni jismoniy barkamolligini oshirib, milliy istiqlol g‘oyasi uyg‘unligida tarbiyalagan bo‘lamiz.


Xulosa shundaki, milliy g‘urur iftixorisiz, milliy qadriyatlarimiz mazmunini ifoda etuvchi ma'naviy-ma'rifiy madaniyatimiz jaxon madaniyati tarkibidan munosib o‘rin egallamoqda. Bunda sportning kurash, boks, sharqona yakka kurashlar, shaxmat, badiiy gimnastika, suv sporti turlari, fudbol, tennis kabi turlari bo‘yicha o‘zlarining sportdagi maxoratini Osiyo va jaxon miqyosida namoyish etayotgan vatandoshlar, maxalliy millat vakillarining ulushlari oz emas.


Sportdagi milliy ulug‘vorlikni tarbiyalash va ularga erishishda eng avvalo bolalar sporti va terma jamoalarni shakllantirishda maxalliy millat vakillari, ayniqsa O‘zbek qizlarini tarbiyalab yetishtirish asosiy maqsad xamda vazifa bo‘lishi lozim. Bu yo‘lda jismon tarbiya o‘qituvchilari, murabbiy va ota-onalarning ish faoliyatini oshirish, masuliyatlarini his etgan xolda yondashishni yanada kuchaytirishga to‘g‘ri keladi. Biz xechkimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz, degan ko‘tarinki shiorni Respublika sportida, ayniqsa maxalliy millat vakillarini sportga tayyorlashga ko‘proq joriy etish maqsadga  muvofiqdir. 


Axmedov F.Q. – p.f.n., dotsent Jizzax DPI


  

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.