топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Biz yoshlarga na’muna bo’ldilar

Islom Karimov
Жамият
Yurt tinchligi, xalq farovonligi eng oliy saodat. “Mustaqillik”, naqadar jarangdor, naqadar yoqimli bu so’z. Mustaqillik ulug’ ne’matdir, chunki unga erishish, uni saqlab qolish va mustahkamlash uchun yuksak mashaqqat talab etiladi.To’laqonli mustaqillikka erishishning ahamiyati beqiyosdir.“Mustaqillik” O’zbekiston Respublikasi va o’zbek xalqi uchun nechoglik qadrli va aziz ekanligi barchamizga ayondir. Chunki, vatanimiz mustaqilligiga erishish yo’lida xalqimiz orasidan chiqqan bir qancha buyuk zotlar jonlarini fido qilganlar.
1991-yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov mamlakatimiz mustaqilligini e’lon qilindi. 1992-yil 2-mart kuni O’zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilinishi tarihiy voqea b`oldi.Mamlakatimiz o’zining mustaqil tashqi siyosatini amalga oshirishda boshqa davlatlar bilan tinchlikparvar siyosat olib borish va ular bilan o’zaro teng manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga keng  yo’l ochildi. Davlatimiz taraqqiyotining“o’zbek modeli” yaratildi va unga ko’ra jamiyatning turli sohalarini rivojlantirish ustuvor maqsad sifatida belgilab olindi.Oqilona tashqi siyosatimizning mahsuli sifatida esa 2012-yilga kelib O’zbekiston Respublikasining rezidentimiz yetakchiligida “O’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati” Konsepsiyasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
O’zibekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovjahon hamjamiyati e’tiborini bir qator muammolarning dolzarb ahamiyatga ega ekanligiga qaratdi va bir qator tashabbuslar bilan jahon hamjamiyatiga yuzlandi.Ichki siyosatda  xalq manfaatlari ustuvor yo’nalish sifatida belgilab olindi. Mustaqilligimizning ilk davrlarida mavjud bo’lgan qator jiddiy muammolarni bartaraf etish uchun bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakat iqtisodiyotini bir taraflama iqtisodiyotdan, ya’ni paxta monopoliyasidan chiqarish va uni rivojlantirish yo’lida salmoqli darajada ishlar amalga oshirildi. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish ishlari boshlandi.
Shuningdek, qishloq xo’jaligi, sanoat, sog’liqni saqlash, ta’lim, sport, harbiy va boshqa barcha sohalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Misol tariqasida avtomobil ishlab chiqarish sanoatini olaylik. Barchamizga ma’lumki, O’zbekiston mustaqil avtomobil ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo’lgan sanoqligina mamlakatlar qatorida turadi. Infrastrukturani rivojlantirish va mamlakatimizning turli hududlarini bir-biri bilan bog’lash maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, “Qamchiq avtomagistrali”, “Avrosiyob” tezyurar poyezdining yo’lga qo’yilishi, “Angren-Pop” temir yo’l magistralining qurib, foydalanishga topshirilishining ahamiyati beqiyosdir.
Ta’lim, sport va madaniyat sohalarida erishayotgan yutuqlarimiz ham bevosita ushbu sohalarga qaratilayotgan alohida e’tibor va ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasidir. Boz ustiga, harbiy sohadagi yutuqlarimizni ham alohida e’tiborga olmog’imiz lozim. Bugungi kunga kelib O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqil professional armiyasini shakllantira oldi.Yuqorida ta’kidlab o’tigan barcha sohalarni bilimli va malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 1997-yilda “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida kadrlar tayyorlashning samali va sifatli yo’nalishlari ishlab chiqildi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovo’zlarining bir qator nutqlarida, asar va ma’ruzalarida ta’kidlab o’tganlaridek, “Elim deb, yurtim deb yonib yashadilar” va o’zlaridan “ozod va obod yurt” qoldirdilar. Ular davlat rahbari sifatida, xalq yetakchisi sifatida biz yoshlarga na’muna bo’ldilar va biz ulardan o’rnak olmog’imiz darkor. Albatta, biz yoshlar, mustaqil O’zbekiston yoshlari bizga yaratib berilayotgan beqiyos imkoniyatlardan oqilona foydalanmog’imiz va bizga bildirilayotgan ishonchni oqlamog’imiz lozim.
Temurbek Zokirov,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
                                                                                                               “Xalqaro munosabatlar” fakulteti
 
5-kurs talabasi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.