топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ardog‘imiz Sizga mangudir

Islom Karimov
Жамият
Milliy Mustaqillik bugungi tinch va osoyishta kunlarimizning debochasi bо‘lsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mana shu debochaning, yangi davr о‘zbek davlatchiligining asoschisidir. О‘zbekistonning hurriyat sari odimlashi, necha yillik mustabid tuzumdan xoli holda porloq kelajak sari intilishi tom ma’noda mamlakat miqyosida muhim ma’naviy-madaniy, siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlar davriy о‘zgarishlariga yо‘l ochdi. Islom Abdug‘aniyevichning shaxsan barcha jabhadagi islohotlar muallifi hamda ijro rahbari ekanligi mazkur harakatlarning amaliy tasdig‘ini ifodalaydi.


Islom Karimov “Bu siyosatni kimdir bizga chizib bergani yoki bu masalada kimdandir nusxa olganimiz yо‘q”, deya siyosiy strategiyamizga muhim va qat’iy ta’rifni bildirganlar. Jahonning istalgan minbarida yangi о‘zbek davlatchiligini barpo etish hamda taraqqiy ettirish borasidagi amaliy konseptual dasturi bilan faol qatnashganlar.

Bugun Islom Karimovning muborak 80 yillik tavalludini yurtimizda keng nishonlamoqdamiz. Bu qutlug‘ yoshning xotirasi necha-necha qalblarda nurafshon qiyofasi, pok ismi bilan abadiy saqlanib turibdi. Shaxs taqdiri, ibratli hayoti, murakkab fe’l-atvori, sof milliy va zamonaviy dunyoqarashi mamlakatimizni bugun jahonda rivojlanayotgan hech qaysi mamlakatdan kam bо‘lmagan darajaga olib keldi.

Kunikecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida Buyuk davlat va siyosat arbobi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tavallud xotirasiga bag‘ishlangan “Ardog‘imiz Sizga mangudir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir kechasi bо‘lib о‘tdi. Tadbirning avvalida sо‘zga chiqqan institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev, tarix fanlari doktori, professor Abduhalil Mavrulovlar Birinchi Prezidentimizning keng doiradagi ma’naviy islohotlari, yetuk siyosiy strategik harakatlari va xalq ozodligi yо‘lidagi fidokorona mehnatlari xususida samimiy sо‘zlab, talabalar bilan iliq xotiralarini о‘rtoqlashdilar. Kechada Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli ma’naviy-ma’rifiy asaridan iqtiboslar badiiy о‘qish yо‘sinida tomoshabinlarga taqdim etildi.

Tadbirning ikkinchi qismidagi adabiy bо‘limida institutning “Xalq ijodiyoti” fakulteti ijrochilari О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev hamda talaba Shahnoza Najmiddinova ijrolarida milliy ashulalar jonli tarzda kuylandi. Sо‘ngra farovon turmush sari maqsadli yо‘l bosgan buyuk о‘zbek xalqining “Zamon qahramoni” bо‘lmish Islom Karimov shaxsiga muhabbati va munosabati talabalar nigohida aks etgan tarixiy janrdagi sahna kо‘rinishi namoyish etildi. Muallif Javlon Jovliyev, postanovkachi rejissyor Doston Haqberdiyevlarning mahoratli yechimi, о‘ziga xos topilmalari tomoshabinlarni hayratga soldi. Tomoshaning asosiy qahramonlari buyuk о‘zbek adiblari CHо‘lpon, Fitrat, Qodiriy qiyofalarining talabalar Ulug‘bek Musinov, Islom Berdimurodov, Bunyodbek Shirinovlar ijrosida о‘z shakli-shamoyilini topa olgani barchani lol qoldirdi. Gazetachi personajining Yunusxon Zayniddinov ijrosidagi voqealar dinamikasiga ta’siri, muhojir Akbar Nursaidovning hissiyotga boy larzalari hamda boshqa rollar ham maromiga yetkazib ijro qilindi.

Ayniqsa, spektaklning sо‘ngida О‘zbekiston xalqining Milliy Mustaqilligini e’lon qilgan Islom Karimov nutqining video yozuvi tomoshabinlar kо‘zlarini yoshga tо‘ldirib yubordi. Talabalar sahnada о‘zbek xalqining bugungi yorug‘ kunlarga, ozodlik deya atalmish muqaddas ne’matga katta qiyinchiliklar, cheksiz tazyiqlar ostida erishganligini, mustabid tuzumning alg‘ov-dalg‘ovli zamonlarining alamli yillarini kо‘rsatib berishdi. Spektakl yakunidagi quvonchli hayajonlar tadbir shukuhiga shukuh bag‘ishlagani, barchaning qalbida Birinchi Prezidentimizning muborak xotirasi abadiy yashayotganligi olqishlardan, kо‘zlardagi yosh akslaridan sezildi.

Shu о‘rinda aytish joizki, “Istiqlol va ma’naviyat” asarida Islom Karimovning kо‘tarinki ruhda “Ozodlik va istiqlol yо‘lida ezgu niyatlarni hayotimizga tadbiq etishda bir jon, bir tan bо‘laylik! Hech qachon tanlagan yо‘limizdan qaytmaylik!”, deya baralla ta’kidlaganlari kо‘ksimizni g‘ururga tо‘ldiradi. Haqiqatan, ushbu asarda kelajakka yorug‘ maqsadlar bilan ildam odimlashda birdamlik, о‘zaro hamjihatlik bilan uyushish barchamiz uchun muhim vazifa bо‘lmog‘i lozimligi yoritilgan. Birinchi Prezidentimiz qurgan yangi davlatchilik dasturi О‘zbekiston Respublikasi rivojlanish yо‘lidan borishida muhim asos bо‘ldi.

Ona Vatan kelajagi, millat tinchligi, xalq farovonligi yо‘lida qilingan har bir ezgu harakat besamar ketmaydi. Islom Karimov ismi-familiyasiga monand sof islomiy e’tiqodga ega, islomi karim, mukarram mо‘min-musulmon, halol shaxs, iymon-e’tiqodi yuksak inson bо‘lganligi uchun ham Olloh qо‘llaganligi, har bir amalida katta kuch, ilohiy yordam bо‘lganligi shubhasiz. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida о‘tkazilgan “Ardog‘imiz Sizga mangudir” nomli tadbir ham buyuk Birinchi yurtboshimizning abadiy xotirasi qalbimizda mangu yashashini yana bir karra isbotladi. Zero, muhim va murakkab strategik dastur, yorug‘ maqsadlar yо‘lida birlashib yashash shiorini о‘rgatgan Islom Karimovning boy ma’naviy islohotlari, fidokorona mehnatlari asrlar о‘tsa-da, о‘z ahamiyatini sira yо‘qotmaydi.

 
Dostonbek Rahmatullayev О‘zDSMI magistranti

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.