топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yaxshilar bor dunyoda

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт
Haq so'zini so'zlagan
Haqiqatni ko'zlagan
Yuz yoshnida yuzlagan
Yaxshilar bor dunyoda.
Beozor xushxulq kishi
Doim ezgulik ishi
Ko'pdir uning tashvishi
Yaxshilar bor dunyoda.
Qaqnus qushi ajoyib
U yashaydi sahroda
Yomonlardan goh toyib
Yaxshilar bor dunyoda.
Ezgu amal ongida
Xush kayfiyat tongida
Dili xira gohida
Yaxshilar bor dunyoda.
Oq-u qorani ko'rgan
Taqdir zulmiga ko'ngan
Kech kelib erta so'ngan
Yaxshilar bor dunyoda.
Kattalarga hurmatda
Kichiklarga izzatda
Doim qo'li ko'ksida
Yaxshilar bor dunyoda.
Tuhmat etar goh nodon
Azob chekar ba'zida
Lek yurar sho'x shodon
Yaxshilar bor dunyoda.
Mag'rur bamisli chinor
Hamisha elda ilg'or
Olloh unga madadkor
Dunyoda yaxshilar bor.
Do'stlar sizga maslahat
Ezgu amalda bo'ling
Yaxshilar bor toabat
 
Hayotda halol yuring.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.