топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ISHQ DARDI

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт
 
Kim edi ul, boshida ming bir xayol,
O’t yoqar jon-joniga ko’rgan tushi.
Anglamay o’z holini hayron-u lol,
Qolmagan yor yodidin o’zga ishi.
 
Chin yurakdan shaydoyu maftun o’shal,
Har baloga ming rizo mamnun o’shal.
Devonayi Farxod-u Majnun o’shal,
Boshlaridin ketibon aql-u xushi.
 
Bir-biriga bunda teng shoh-u gado,
Xush yoqar-ki joniga jabr-u jafo.
Eribon tosh, kesakdan chiqqay sado,
Bahorini qor bosib, gullar qishi.
 
Ko’nglida ming bir nihon sirlar uni,
Oromi yo’q tunlari, notinch kuni.
Bilmasang bil, ey, rafiq, derlar uni:
 Ishq dardiga mubtalo bo’lgan kishi.
 
Muallif  TerDU talabasi Berdiqobilov Raxmatullo

1 изоҳ

avatar
Raxmatullo  ijodingizga omad.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.