топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Eng g'ozal she'r

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт

Menda bir tuyg‘u bor bo‘lmas aytmasam,
Buni har yurtdoshim sezsa qaniydi.
Dunyoda o‘zbekni bilmaganlar ham,
Islom Karimovni yaxshi taniydi.
Tarixga bo‘ylasak millatin nomin,
Olamga taratgan o‘zbeklar bisyor.
Lek bizning zamonda yurtimiz sha'nin,
Yurtboshidan yuksak ko‘targan kim bor?
O‘ylang, axir, bo‘yin egmay qullikka,
Kim buzdi biz bandi yotgan qafasni?
Bizlarni kim eltdi mustaqillikka?
Xudo yorlaqagan shu zot emasmi?
Bu na taqdir hukmi, bu na bir sinov,
Bu na bir sinoat edi do‘stlarim.
Promitey quyoshdan olganday olov
Bu asl matonat edi do‘stlarim.
Bu mushkul xol go‘yo bir gala bo‘ri,
Tish qayrab turganday qo‘ylarga qarab.
Qudratin ko‘rsatib yo‘lbarslar zo‘ri,
Xavfni daf etganga ketardi o‘xshab.
Bu jur’at oldida o‘rmonda qolgan,
Do‘stlari nurga zor o‘ltirgan nafas.
O‘z qalbin sug‘irib mash’ala qilgan,
Dankoning jur'ati hech narsa emas.
Ha, oson kelmagan xurlik ayyomi,
Uyquda edik bu kunga yetguncha.
Millatin uyg‘otgan siymoning nomi,
Istiqlol so‘ziga egiz tushuncha.
Zero biz kim bilan kirdik daf'atan,
Dunyo deb atalmish kenglik qariga?
Kim chiqdi ilk bora bizning millatdan,
B.M.T. ning yuksak minbarlariga?
Har bir zamonda iftixor, g‘urur,
Diyonat iymonga keng yo‘l berildi?
Nomi o'chayozgan bobomiz Temur
Qaysi zot azmi-la qayta tirildi?!
O‘tmishdan atalgan savodsiz, avom,
Dunyoga kimligin aytdi kim bois?
Ruhlari qaqshagan minglab ulug‘ nom,
Buyuklar safiga qaytdi kim bois?!
Zarracha xushomad yo‘q bu so‘zlarda
Ulug‘lar bahoga muhtojmas aslo.
Chunki ortda qolgan yorqin izlarda
Aks etib turibdi — eng yuksak baho.
Yo‘qlikka singidi qancha zot, hayhot,
Borlari ham aro yo'llarda qoldi,
Istiqlol me’mori — ushbu aziz zot - 
Millat otasiga aylana oldi.
Dildan ne so‘rasak beradi xudo,
Eltadi buyuklik qoyalariga.
Yakdil xizmat qilsak, etsak jon fido - 
Islom Karimovning g‘oyalariga!

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.