топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ona sizni sog’inib

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт

Suratingizga qarab bugun biroz ovundim,


Yuragim aytar asta  “ona sizni sog’indim”…!


                           


Ashqol-dashqolim yig’ib qishlog’imga jo’nayman,


Eng birinchi borib tez men onamni so’rayman,


Onam chiqar yo’limga chehralari nurafshon,


Ko’zda quvonch yoshlari ko’rinar shu vaqt, shu on.


 



“Bolam salomatmisan. Buncha kelishing qiyin,


Qachon o’qishing tugar, aytib qo’yda sen tayin”.


Deydi va darrov menga dasturxonni yozadi,


Men yaxshi ko’rgan taom-ovqatlarni suzadi.


 


“Usting butmi qorning to’q, bir habarin bermaysan,


Seni o’ylab havotir bo’lishimni bilmaysan”.


Deb dakki ham berarlar va tergab ham qo’yadi,


Men toshbag’ir farzandning diydoriga to’yadi.


 


Yo’llarimga intizor ko’rishganda parvona,


Meni baxtim ko’ray deb tashvishi ko’p sarsona,


Bilmadim do’stlar ayting u qanday bog’ dilxona,


Javob bittadir-bitta: Bu mehrga zor ona.


 


Ta’tilim asta tugab qaytmoqchiman o’qishga,


Onam esa tandirga urinar non yopishga,


Qo’llarida duosi va tuguni onamni,


Kelib ochsam tugunni mehr bosdi xonamni.


                         


…Suratingizga qarab bugun biroz ovundim,


Hafta-kun o’tmay turib ona sizni sog’indim.


 


Muallif: Termiz Davlat Universiteti talabasi Istamov Zuxriddin

6 изоҳ

avatar
O'zim talaba bo'lganim uchun onamni tez-tez ko'rishning iloji yo'q, she'ringizni o'qib ancha ta'sirlandim. Ijodingizga omad, bu she'rni albatta onamga o'qib beraman.
avatar
She'r sizga maqul bo'lganidan mamnunman. Onalarimiz baxtimizga sog' bo'lishsin.
avatar
Har doim onalarimiz biz uchun parvona bo'lishadi. Atrofimizda aylanib-o'rgilishadi. Ular uchun biz har doim bola bo'lib qolaveramiz. Quyida o'qilgan sherimizda talabalarda bo'ladigan holat tasvirlangan. Uydan uzoqda ota-onaning, yaqinlarning qadri qattiq seziladi insonga. Sher uchun raxmat. Ma'noli she'r ekan. Mani o'zim talaba emasman. Lekin universitetda ishlayman. Talabalar xayoti manga juda tanish.
avatar
To'g'risini aytsam bu sherni hamma kursdoshlarim dam olish kunlari uylariga ketishganda men uyga bormasdan shu xislarni o'zimda xis qilib ko'rib keyin yozganman. Kursdoshlarim uylaridan qaytgach shu she'rni o'qib berdim. Ular meni rosa koyishdi onangni sog'intirmay tez tez habar ol deb.
avatar
Salom Zuxriddin darslar bilan charchamay yuripsizmi? Onajonizdan tez-tez habar olib turibsizmi? Har safar fikr.uzga kirsam sherizni yana qayta o'qiyman. Manga juda yoqqan.
avatar
Feruza. Raxmat sizga. Onam bugun she'rlarimni gazetada ko'rib rosa xursand bo'ldilar, ha aytgancha universitetimiz gazetasida she'rim chiqdi.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.