топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Universitetimizda “TINCHLIK VA OSOYISHTALIKNING” qadriga etaylik shiori ostida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Kamolot kubogi” tanlovi bo’lib o’tdi

Обод турмуш - жамият пойдевори
Жамият
Universitetimizda “TINCHLIK VA OSOYISHTALIKNING” qadriga etaylik shiori ostida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Kamolot kubogi” tanlovi bo’lib o’tdi
10 FEB 2016
AGRAR UNIVERSITETI
 

“TINCHLIK VA OSOYISHTALIKNING” qadriga etaylik shiori ostida
“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Kamolot kubogi” tanlovi
“O‘zbekiston Respublikasida  2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 53-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida   2016 yil  8-9 FEVRAL KUNLARI Toshkent davlat agrar  universiteti faollar zalida  «Quvnoqlar va zukkolar» ko‘rik-tanlovining   fakultetlararo saralash bosqichi o‘tkazildi.
Toshkent davlat agrar universitetida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati boshlang‘ich tashkiloti xamda “Ma’naviyat- ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash” bo‘limi bilan hamkorlikda universitet talabalari ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining fakultetlararo “Kamolot kubogi” saralash bosqichi joriy yilning 8-9 fevral kunlari soat 15:30 da 700 o‘rinlik faollar zalida bo‘lib o‘tdi.<cut>давомини ўқиш </cut> 
Ushbu tadbirda talabalar teatrlashgan satirik lavhalari, hongomalari, hazil-mutoyibalari orqali mavjud yoshlar muammolarini olib chiqishlari, talabalik davrining unutilmas lahzalari, talabalar hayotidagi hayojonli voqealar, qiziq hangomalar va yoshlik davri, do‘stlik, sevgi-muhabbat hamda talabalar hayotida uchrab turadigan salbiy illatlar yumorga boy qo‘shiqlar orqali bayon qilindi. Talabalarni yuksak ma’naviyat, bilim va tafakkurini charxlash, talabalar orasida uchrab turadigan salbiy holatlarni keskin tanqid qilish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yosh avlodni ma’naviy ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlash maqsadida 8 ta qo‘yidagi jamoalar ishtirok etishdi:
1. O‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar fakultetining “O‘zbegim” jamoasi
2. Qishloq xo‘jaligida menejment fakultetining “Aziyamiks” jamoasi
3. Agronomiya fakultetining “Amakivachchalar” jamoasi
4. Zootexniya va ipakchilik fakultetining “Yangi yulduzlar” jamoasi
5.Seleksiya,urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish fakultetining “SHumtakalar” jamoasi
6.Agroinjeneriya fakultetining “Sarbozlar” jamoasi
7. Magistratura bo‘limining “Magistrlar”  jamoasi
8. Meva, sabzavotchilik va uzumchilik fakultetining “Eksklyuziv” jamoalari ishtirok etishib eng yuqor ball to‘plagan qo‘yidagi 5 ta jamoalar final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
1. Magistratura bo‘limining “Magistrlar”  jamoasi 82 ball,
2. Meva, sabzavotchilik va uzumchilik fakultetining “Eksklyuziv” jamoalsi 80 ball,
3. Seleksiya,urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish fakultetining “SHumtakalar” jamoasi 76 ball,
4. O‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar fakultetining “O‘zbegim” jamoasi 75 ball,
5. Qishloq xo‘jaligida menejment fakultetining “Aziyamiks” jamoasi  74 ball bilan 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
 
QVZ6

QVZ1

QVZ2


QVZ3

QVZ4

QVZ5


1 изоҳ

avatar
Илтимос, биринчи расмни сифатлироғига алмаштириб қўйинг!
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.