топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Tafakkur sinovlari universitet boskichi bo’lib o’tdi

Обод турмуш - жамият пойдевори
Жамият
2016 yil 29 yanvar kuni  Toshkent davlat agrar universitetida  “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi”ning 5-bandida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, talabalarning nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, bilimlarini aniqlash  maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda universitetnnig 7 ta  fakultetining  “Tafakkur sinovlari” jamoalari: “Qishloq xo‘jaligida menejment” fakultetining “ZIYOKOR”, “O‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar” fakultetining  “YURTIM NIHOLLARI”, “Agronomiya” fakultetining “ISTIQLOL YOSHLARI”, “Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish” fakultetining  “TARAQQIYOT ETAKCHILARI”, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakultetining  “SAKRAL”, “Agroinjeneriya” fakultetining “TARAQQIYOT” hamda  “Zootexniya va ipakchilik” fakultetining “MUSTAQILLIK TENGDOSHLARI” jamoalari  o‘zaro bellashdilar.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan universitet Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Abduvasikov   siyosiy-huquqiy bilim darajasi yuqori, iqtidorli yoshlarni aniqlash,  ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda rag‘batlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etishi, o‘tgan 2014/2015 o‘quv yilida  universitetning  “Agroislohotchi” jamoasi “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida  faxrli 2-o‘rinni egallaganligi, bu yil ana shu  ko‘rsatkichni yanada yuqori ko‘tarish lozimligi, bunda talabalarga  juda katta mas’uliyat yuklanganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Jamoalar  o‘z chikishlarida diniy ekstremizm va aqidaparastlik, giyohvandlik, “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari,  erta nikoh, yaqin-qarindoshlar orasidagi nikoh kabi bugungi kunnning eng dolzarb muammolarini  turli sahna ko‘rinishlarini namoyish etish orqali ifodalab berdilar.
         Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra tanlovga puxta tayyorgarlik ko‘rgan “Qishloq xo‘jaligida menejment” fakultetining“ZIYOKOR” jamoasi hamda “O‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar” fakultetining  “YURTIM NIHOLLARI” jamoalari 101 ball to‘plab, I-O‘RINNI,  “Agronomiya” fakultetining “ISTIQLOL YOSHLARI” jamoasi 92 ball to‘plab II-O‘RINNI, “Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish” fakultetining  “TARAQQIYOT ETAKCHILARI” jamoasi 91 ball to‘plab  III-O‘RINNIegalladi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.