топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Xotira va mustaqillik darslari yuqori saviyada o’tkazilmoqda

Ёшларга оид давлат сиёсати
Жамият
5 расм
image
Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida bo’lgani kabi bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida ham 2-sentyabr “Bilimlar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Dastavval institut bosh maydonida institut talabalari uchun tantanali tadbirni tashkil etish bilan boshlandi. Tadbir boshida shon-sharaf va g’urur timsoli bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Institutga birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarni qutlash uchun so’z navbati institut rektori O.Mamatkarimov hamda faxriy ustoz, dotsent X.Isaxanovlarga berildi. Institut rektori O.Mamatkarimov so’z yuritib, talabalik baxtiga musharraf bo’lish bilan birga kelajakda yetuk mutaxassis kadrlar bo’lib yetishishlariga tilak bildirdi hamda institutda xotira va mustaqillik darslarini o’tilishi xaqida qisqacha so’z yuritdi. Tadbirda mustaqillik yillarida qo’lga kiritilgan bir qator yutuqlar va mustaqillik asoschisi buyuk davlat arbobi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning porloq xotirasi yodga olindi.  Birinchi bosqichga qabul qilingan talabalardan M.Ibraximova va N. Mamadalievalar tomonidan o’zlarining samimiy tilaklarini izhor etdilar. SHundan so’ng barcha talabalarni xotira va mustaqillik darslarini o’tishlari uchun belgilangan auditoriyalarga chorlandi. 60 ga yaqin zamonaviy rusumdagi videoproektor bilan jihozlangan auditoriyalarda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov porloq xotirasiga bag’ishlangan “Xotira darslari” va “Ta’lim muassasalarida “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston” shiori ostida “Mustaqillik darslari” o’tish bo’yicha topshirig’iga muvofiq xotira va mustaqillik darslari tashkil etildi.

5 расм

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.