топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+164.09
avatar

Нафосат гулшани

Батафсил

Мақсуд Шайхзода ҳаёти ва ижоди

Шеърият ва адабиёт

Шайхзода 1952 йилда ҳибсга олиниб, 25 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинган ва 1954 йилда озод этилган. Чиғатой қабристонига дафн этилган. «Буюк хизматлари учун» ордени билан тақдирланган (2001). Тошкентдаги кўчалардан бири Шайхзода номи билан аталган.
«Тошкент» энциклопедияси. 2009 йил

Бир мисра остидаги минг хазина

Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуфнинг бир мисраси изидан

Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф  тириклигида қандай бўлса, вафотидан кейин ҳам халқимизнинг қалб қўрида яшаяпти. Шоирнинг қуйма сатрлари шеърхонлар қалбига чуқур нақш бўлган, десак, айни ҳақиқатни айтган бўламиз. Чунончи,  “Ўзбекистон” шеъри, унинг биргина “Римни алишмасман бедапоянгга” деган мисрасини олайлик. Ҳурматли ўқувчи, мисра қатига яширинган маъно салмоғини ҳис қилишимиз, ундан завқ ва ифтихор туюшимиз учун, аввало, мисра конструкциясидаги “айбғина”ни қабул қилиб олишимиз, ундан ётсирамаслигимиз кераклигини айтмоқчиман. “Римни алишмасман бедапоянгга” мисрасида шоирга “тегишли бўлган мулк” Рим эмас, балки бедапоя. Шунинг учун ҳам тўғриси -

Миллатимизнинг содиқ ўғлони

Шеърият ва адабиёт

Роса тортишдилар ер билан осмон,

Шафаққа айланди яноқлар чунон.

Шоирни меники дер эди само,

Меники дер эди она ер аммо.

Шоир-чи, куйлади иккаласин ҳам,

Заминдан куч олди, самога ҳамдам.

Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri

Нафосат гулшани
          Mening bobom,buvim — mahallamiz faxri
 
                     Reja; 
 
1.Keksalarga e’tibor.
 
2. Qarisi bor uyning-parisi bor.
 
3. Oltin olma-duo ol.
 
                           Keksalarni uzoq yashaganligi uchun emas,
 
                          Balki hayot sinovlariga dosh berib kelayotganliklari uchun qadrlashimiz kerak.
 
                                                                                                        (O’tkir Xoshimov)
 
             Mana bu yil Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ‘Keksalarni e’zozlash yili’ deb e’lon qilindi.Bu yil keksalarga har doimgidan ko’proq e’tibor qaratilmoqda.Hozirgi kunda nuroniy otaxon,onaxonlarimizga bir qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilyapdi.Ana shu imtiyoz-u imkoniyatlar amaliy tarafdan tadbiq etilib,me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda.Masalan:Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015-yilning 23-apreli kuni “Respublikaning sanatoriya-sog’lomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yo’l transportida bepul yurish huquqini berish to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror qabul qilindi.Bu kabi qarorlar nafaqat nazariy tomondan,balki amaliy tomondan ham o’z isbotini topmoqda.Misol uchun: sanatoriya-sog’lomlashtirish markaziga bormoqchi bo’lgan otaxon-u onaxonlarimiz temir yo’l xizimatidan bepul foydalanmoqda,havo yo’llaridan foydalanuvchi keksalarimiz 50 foiz imtiyozga ega bo’lmoqda va shu kabi ishlar amalga oshirilib,keksalarimizni ardoqlab,e’zozlab,ularga e’tibor berilmoqda.Axir ularni ardoqlamay,e’zozlamay ham bo’lmaydi.Chunki bizga tinchlikdek ulug’ ne’matni shu keksalarimiz,otaxon-u onaxonlarimiz in’om etgan.Shuning uchun ularga qancha e’tibor qaratsak shuncha oz.
 
          “Qarisi bor uyning- parisi bor”deb xalqimiz bejizga ta’kidlamagan.Chunki keksalar-u qariyalarimiz yoshini yashab,hayotning past-u balandini ko’rgan,oq-qorani ajrata oladigan insonlar bo’lishadi.Shuning uchun ham ular parilarga qiyoslanadi.Agar kimda-kimning xonadonida keksa bobo-buvilari bo’lsa ularning xonadoni jannat hisoblanadi.Xalqimiz yana “Qari bilgani-pari bilmas”deydi.Bundan ko’rinib turibdi-ki,keksalarimizning har bir pand-nasihati,o’gitlari biz yoshlarni kamolotga,yuksaklikka chorlaydi.Biz barcha yosh avlod nuroniylarni hurmat qilib,ularning bergan o’gitiga amal qilsak,hayotda hech ham qoqilmaymiz.
 
          Aynan shuning uchun ham ulardan doimiy ravishda duo olishimiz hayotiy zarurat.Axir donolarimiz bejizga “Oltin olma-duo ol”deyishmagan.Negaki ularning har bir bergan va qilgan duosi biz avlodlarni qo’llaydi,madad beradi hamda og’ir kunlarda suyanch bo’ladi.
 
Mening ham bobomlar aynan shu naqlni doim takrorlaydilar.Ha,aytgancha,ularni mahallamizdagi barcha yosh-u qari birdek yaxshi ko’rishadi va hurmat qilishadi.Buning sababini o’zlaridan so’raganimizda,bizlarga, “Ey,bolalarim,ko’zimning oq-u qoralari men hech qachon yolg’on gapirmadim,doimo o’zgalarga va o’zimnikilarga yaxshilik qildim”,-deydilar.Ozod va obod Vatanda bu yilni hayotning eng baxtli kunlari deb hisoblab yurgan nuroniy bobomning duolarini olib hozirgi kunda barcha yutuqlarga erishmoqdaman.Ularning duolari hamisha menga hamroh.
 
                                                                                                      Chirchiq shahar 24-umumta’lim maktabi
                                                                                                     9-“B” sinf o’quvchisi Jo’ldasboyeva Dilnoza
 
Mavzu:Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri.

Нафосат гулшани
Mavzu:Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri.
                                 Reja:
1.Kirish.Xonadonlarimizning fayzi va farishtalari.
2.Asosiy qism:
1.Inson xotirasi- boqiy,qadr-qimmati ulug.’
2.Bag’ri kuyuk, elga suyuk buvijonlarim.
3.Bobo va buvimning har bir so’zi,o’giti saboqdir.
3.Xulosa.Keksalarga yuksak e’tibor.
                                                  Qadr bergan qadr topar –oliy   
                                                                                hikmat bu,                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                      
                                              Keksalarni tavof qiling qaytmas
                                                                             fursat bu,                                                                                            
                                                  Har daqiqa g’animatdir,har
                                                                              daqiqa naqd.                                                                                                                                                                                                                 
                                                Duo oling,duo oling-tengsiz
                                                                                davlat –u.
                                                                      (Zulfiya  Yunusova)                                                             
           Inson xotirasi,aql-zakovati bilan tirik va barhayotdir.Zero,xotirasidan ayrilgan,tarixini unutgan,o’z ajdodlari, vatandoshlarining qadriga yetmaydigan millatning istiqboli yo’q.Davlatimiz rahbari tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni”- deb e’lon qilingani zamirida ana shunday teran ma’no bor.Bugun biz o’tganlarni, o’tmish davrlarni xotirlash orqali ayni kungi tinch, osuda hayotimizning, mustaqilligimizning qadriga yetishimiz lozim.Darhaqiqat,o’tganlarni xotirlash,nuroniylarimizni qadrlash xalqimizga xos ulug’ fazilat.Ma’lumki,Ikkinchi jahon urushida erishilgan g’alabada yurtdoshlarimiz ko’rsatgan jasoratlari va xizmatlarining o’rni beqiyosdir.Ular mudom xalqimiz ardog’idadir.Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.Bugun oramizda yashayotgan o’nlab Ikkinchi jahon urishi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan har tomonlama e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda.O’tganlar xotirasini yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun muqaddas fazilat bo’lib kelgan.Bunday odat milliy qadriyatimizga aylanib, qon-qonimizga,suyak-suyagimizga singib ketgan.Ulug’ yoshdagi urush va mehnat faxriylarining hayot yo’li,ularning o’gitlari biz o’sib kelayotgan yosh avlod uchun ibrat maktabi desam, mubolag’a bo’lmas.
     Mening buvijonim dunyodagi eng yaxshi buvilardan biri. Muhabbat buvim dadamning oyilari bo’ladi. Men har yozda ularnikiga boraman.Buvijonim,men kelganimni ko’rib yuzida tabbasum yuguradi.Ularning sochlariga oq tushgan  bo’lsa ham,yuzlarida tirishlar bo’lsa ham, men uchun dunyodagi eng chiroyli,oqila,mehribon,xushchaqchaq ayoldir.Ularni mahalladagi katta-yu kichik hurmat qiladi.Buvijonimning hayot yo’li qiyinchilik bilan o’tgan.Chunki otadan erta yetim qolgan.Ularning umr yo’li o’z o’rnida men uchun o’rnak,dorulomon kunlarimizning qadriga yetish,asrash yo’lidagi hushyorlik va shukronalikka da’vatdir.Muhabbat buvim hozir nafaqada.Ular oldin maktabda, rus tili o’qituvchisi bo’lib, o’quvchilarga dars bergan.Bilasiz, o’sha paytlarda o’qituvchilarni ham va boshqa kasb egalarini ham, paxtaga olib chiqqan.Paxta terish juda ham qiyin ish,lekin buvijonim bu ishni kanda qilmasdan, har kuni paxta terishga chiqardi.Buvijonim mahallada ham, mahalla faollaridan biri, ular ayollar qo’mitasi bosh raisi bo’lib, uzoq yillar ishlaganlar.Mahalladagi ayollar buvimdan ko’p maslahatlar so’rashadi,buvim ularni oldiga chaqirib,turmushda bo’ladigan qiyinchiliklarni bir boshidan gapirib beradi.Hattoki  kelinlarini oldiga chaqirib, ularga ham, pand-u –nasihatlarini ayamaydi.Buvim shunaqa ayollar.Yana bir buvijonim,oyimning –volidalari Mariyam buvim ko’ngli pok ayoldir.Biz yaqinda bobomdan ayrildik.Ular juda yaxshi inson edi.Hamma u kishini hurmat qilar edi.Mahallada ham obro’lari katta edi.Ularning otasi urushga ketib qaytib kelmagan, hattoki bobom otasini ko’rmagan edi.Urush o’sha davrlarda ko’p oilalarni tinka-madorini quritgan edi. Bu urush hech kimning boshiga tushmasin -deb aytar edi, rahmatli bobom.Men ularni juda ham yaxshi ko’rar edim.Ularning nasihatlari hali ham yodimda.Bobom bosib o’tgan hayot yo’li,mehnat faoliyati ko’pchilik uchun ibrat bo’lsa, pand-u –nasihatlari men uchun nihoyatda qadrlidir.Buvimning uyiga borganimda,buvimni  xafa qildirib qo’ymaslikka harakat qilaman,latifalar aytib kuldiraman.Chunki buvimni, bobomsiz zerikib qolganligi ko’zlaridan bilinadi.Ular har borganimda tandirdan yangi uzilgan issiq non bilan mehmon qiladi. Mariyam buvim o’n ta farzandning onasi hisoblanadi.Buvijonim farzandlariga yaxshi ta’lim-tarbiya bergani uchun oltin medal bilan mukofatlangan.Oyim ularning eng kenjasi. Men mana shunday hayoga bosh,sadoqatga sarbon bo’lgan dono buvijonlarim nevarasi bo’lganimdan faxrlanaman!
                Sochlari oq,yuzi nurli farishtalarim,
                Xonadonlar fayzi bo’lgan sarishtalarim.
                Ajdodlardan meros qolgan pok rishtalarim,
                Sadoqatga umri sarbon buvijonlarim.
                Qahatchilik,urush zaxmi yelkangizdadir,
                Ayriliqning azoblari kuydirar bag’ir
                Mehringizdan najot kutar,bir etak sag’ir,
                Anduhlarga sabri qalqon buvijonlarim.
                Istibdodning sitamini jim-jim yutdingiz
               Qaytmas bo’lib ketgan yerni ilhaq kutdingiz,    
                Sabri bardosh, sadoqatni mahkam tutdingiz,
                  Ko’ksi armon,umri hijron buvijonlarim.
   “Qari bilganni pari bilmas”-deyishadi,dono xalqimiz.Keksalar ko’pni ko’rgan,yaxshini –yomondan bir ko’rishdayoq ajrata oladi.Bobom va buvijonlarim ham ko’pni ko’rgan insonlar.Bobom savlatli, oq yuzli, mehribon insondir.Ularnikiga borsam yoki bobom biznikiga kelsa, men ularga har doim oyim o’rgatgan taomlar, shirinliklar, salatlar tayyorlab beraman.Bularni ko’rib bobom “O’zimni nevaramdan aylanay ” –deb, suyib qo’yadi. Shuning  uchun ham men ular kelishiga,yangicha taom o’ylab topaman. Buvim juda ozoda ayol.Ovqat qilayotganimni ko’rib darrov tozalikka e’tibor berishimni talab qiladi.Men bundan faqat va faqat xursand  bo’laman. So’ngra buvijonim meni yurish-turishimga,gapirgan so’zimga,atrofdagilarim bilan qanday munosabatda bo’layotganimga zimdan e’tibor beradi.Xatolarim bo’lsa pand-u –nasihatlarini ayamaydi.Ularning pand-u-nasihatlari,duolari men uchun oltindan ham qadrliroq.Bu so’zlarim til uchida emas, aksincha yuragim qaridan chiqayotgan iliq so’zlardir. Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili”-deb,e’lon qilgani bejizga emas.Ha, keksalarga hurmat-ehtirom,mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning  ajralmas qismidir.Qariyalar yashaydigan xonadonlarning fayzi bo’lakcha,qariyalar e’zoz topgan yurtning fayzi ham o’zgachadir.Bobom shunday deydi-“Yurtimizda biz keksalarga hamisha yuksak hurmat –ehtirom ko’rsatib kelinadi.Bu,ayniqsa,joriy yilning nomlanishida ham o’zining yorqin ifodasini topgan.Bunday e’tibordan,izzat-ikromdan ruhlanamiz,kuchimizga kuch qo’shilgandek bo’ladi.Shukurki, yuksak ehtirom,beqiyos g’amxo’rlikdan bahramand bo’lish,tinch va osuda yurtda yashash baxti nasib etdi.Farovonlik,to’kinlik,taraqqiyot,tinchlik va osudalik yurtimizni tark etmasin.Saodatli kunlarimiz bardavom bo’lsin!   -deb duolar qiladilar.Bu uchun yurtboshimiz Islom Karimovga mingdan–ming rahmat aytamiz!
Chirchiq shahar 24-umumiy o’rta ta’lim maktabi 8-“B” sinf o’quvchisi  Yo’ldasheva Hulkaroy
 
Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri.

Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri

Нафосат гулшани
Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri
                                               Reja:
I.Kirish.
Keksalarni e’zozlash barchamizning farzandlik burchimizdir
II.Asosiy qism:
1.Keksalarni duosini olish – eng savobli ish.
2.Keksalarni hurmat qilish jamiyatimizning yuksak ma’naviy va madaniy belgisidir.
3.Yurtimizda keksalar doim e’zozda.
4.Mahallamiz faxri bo’lgan bobo va buvijonlarimiz.
           Kattalarga hurmatda,kichiklarga izzatda bo’lish xalqimizning eng ezgu,eng muqaddas ,qadriyatlaridan sanaladi.Istiqlol yillarida mamlakatimizda ushbu chin insoniy,o’zbekona qadriyat yanada yuksaklikka ko’tarildi.Vatanimizda 2015 yilning"
Keksalarni e’zozlash yili”deb e’lon qilinganligi ham buning yana bir isbotidir.
        ”Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi,desak adashmagan bo’lamiz.Soddagina qilib aytganda ,keksalarga hurmat-ehtirom,mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning ajralmas bir qismiga aylangan”  — deydi Prezidentimiz Islom Karimov.
       Darhaqiqat,ota – onaga ,keksa avlodga hurmat qonimizda bor.Har yili ”Xotira va Qadrlash kuni ”munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanayotganligi,100 yoshga kirgan bobo va buvilarimiz ”Shuhrat” medaliga munosib ko’rsatilayotganligi bularning isbotidir.Mamlakatimizda keksa avlod to’g’risidagi doimiy e’tibor va g’amxo’rlik miqyoslari kelgusida ham shunday davom etaversin.Zero,Prezidentimiz aytganlaridek ”Barchamizni oq yuvib,oq taragan,ona yurtimizning og’ir yukini,uning quvonch va tashvishlarini umr bo’yi yelkasida ko’tarib kelgan mo’tabar bobolarimiz va momolarimizni,ota-onalarimizni rozi qilish,ularning duosini olish dunyodagi eng ulug’,eng savobli ishdir”.
       Keksalarni e’zozlash – barchamizning farzandlik burchimizdir.Bu o’zbek xalqiga azaldan xos bo’lgan  yuksak fazilatdir.Inson jasoratini esga olish va uni qadrlash bebaho ma’naviy boylik hech narsa bilan o’lchab bo’lmaydigan qadriyatlarimizdan biridir.Davlatning kuch – qudrati nafaqat uning armiyasida,balki mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik,fuqarolarning ahillgi,hamjihatligi yoshi ulug’ insonlarga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rligida ham namoyon bo’ladi.Zero,bu muqaddas zamin O’zbekistonda inson azizdir.
     Hayotimizning bir mazmuniga aylangan bobo va momolarimiz har doim e’zozda.Ularning oq fotihalari-yu nasihatlariga quloq solsak kam bo’lmaymiz.Dono xalqimiz aytganidek ” Qarisi bor uyning – parisi bor”,  ”Qari bilganni pari bilmas” degan maqollari bejiz emas.Darhaqiqat,qarisi bor uyning parisi bo’ladi.Ular bor joydan qut – Baraka arimaydi.Bobo va momolarimiz bizga o’tmish haqida qiziq  voqealarni so’zlab beradilar.Ayniqsa Ikkinchi jahon urushi haqida so’zlaganlarida yuraklarda qo’rquv yuzaga keladi.Shu voqealarni so’zlar ekanlar,bugungi kunlarga behad shukronalar aytadilar va tinchlikka hech narsa yetmasligini takror eslatadilar.Biz yoshlar ham shu tinchligimiz qadriga yetib,shunday yurtda kamol topayotganimizdan minnatdor bo’lishimiz kerak.
                             Bobojon so’zingiz ajib bir hikmat,
                            Hech bir kitoblardan topmadim qidirib.
                           Umr yo’lingizda yashaydi qat – qat,
                          Halollik ustuni turar bo’linib
 
                         Yuzingiz sahnida yashirin yillar
                        Mehringiz bosadi oftob taftini.
                       O’sha siz o’tqazgan daraxtlar bilan
                      Mehnatkash qo’lingiz qadoqlarini.
                                                                                         (N.Siddiqova)
     Mahalla bu bir jamiyat.Bu jamiyat esa turli oilalardan tarkib topgan.Keksalarimiz faqat oilamizda,balki istiqomat qilayotgan mahallamizda ham beqiyos darajada turadi.Keksalarimiz ko’chaning chiroyli ravon va toza bo’lishi uchun zamin yaratib,hasharlar tashkil etadilar.
    Mening bobom va buvim ham mahallamiz faxri hisoblanishadi.Mening bobom mahallamiz oqsoqoli.Bobom mahallamiz oqsoqoli bo’lganligi uchun boshqa oila farzandlarini ham o’z farzandlaridek yaxshi yo’lga chorlaydilar.O’z farzandlariga qanday ezgu tilak va niyatlarini tilasa,ularga shularni tilaydi.O’zlari ko’rgan qiyin va og’ir zamonni biz hech qachon ko’rmasligimiz uchun jon-jahdi bilan kurashadilar.Oilada turli vaziyatlar kelishmovchiliklar bo’lib turadi.Mana shunday vaziyatlar biz qaror qabul qila olmaymiz.Shu paytlarda bobom va buvim bizga og’irvazminlik ish tutishni uqtiradi va to’g’ri qaror qabul qilishga yordam beradilar.Chunki ular hayotiy tajribaga ega,pastu – balandni,turli tasodifiy voqea va holatlarni ko’rishgan va bundan tog’ri xulosa chiqarishgan.Shuning uchun ham men bobojonim va buvijonlarimning pand – nasihatlariga doimo quloq tutib,o’zimga kerakligini olaman.Ular mahalla obodligiga ham o’z hissalarini qo’shadilar.Bizning qo’limizdan tutib,ko’chat o’tqazishga olib boradilar.
     Mana shunday farzandi,nevaralari kamoli uchun doimo borini ayamaydigan bobo va buvilarimizni,ota – onalarimizni,e’zozlamaslikni,yaxshi ko’rmaslikni iloji yo’q.Bizning xalqimizdek bobo va buvilarini keksalarni hurmat qiladigan,ularni izzat – ikromda tutadigan xalq  dunyoda topilmaydi.Shuning uchun ham bizning yurtimizda doimo tinchlik,farovonlik va yuksalish mavjud.Keksalar qo’llarini ochib so’ragan duolari yurtimizni har qanday yomonlardan saqlaydi.Bizning yurtimizda hech bir odam, keksalarimiz ham e’tibordan chetda qolmaydi.Darhaqiqat,yurtboshimizning 2015 yilning   “Keksalarni e’zozlash yili”deb e’lon qilishlari ham bularning yaqqol misolidir.Bularning bari biz Prezidentimiz Islom Karimovga rahmatlar aytib qolamiz.
 
Chirchiq shahar 24-umumiy o’rta ta’lim maktabi 8-“B” sinf o’quvchisi  Choriyeva Shirinoy

Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri

Нафосат гулшани
Mavzu:Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri
                                     Reja:
I.Kirish.Qarisi bor uyning – parisi bor
II.Asosiy qism:
1.Qari bilganni pari bilmas.
2.Buvijonim-mehribonim.
3.«Keksalarni e’zozlash yili»Davlat dasturi haqida.
4.Bizga o’rnak bo’lib kelayotgan bobojonlarimiz haqida.
         Bizning o’zbek xalqimiz doimo o’zining mehmondo’stligi ,bag’rikengligi va jonkuyarligi bilan ajralib turadi.Bunga yaqqol misol,har birimizning ota-onamiz bor albatta,ularning ota-onasi  biz uchun bobo va buvilarimizdir,hozirda ko’plab oilalar bobo,buvilari bilan yashashadi.Agarda yashashmasa ham,qo’shni bobo va buvilarimiz bor.Bunday keksalarimiz bizlarga doimo to’g’ri yo’l ko’rsatishadi.Ba’zi yoshlarga esa bunday gaplar xuddi kinoyadek tuyuladi.
      Mening bobom va buvim ham mahallaning faxridir,bobom maktabda o’quvchilarga geografiya fanidan 40 yil ta’lim bergan hamda mahallamiz faxriy keksalaridandir.Ular rais bo’lib ham odamlarga katta xizmat qilgan.Buvim esa kutubxonachi bo’lib ishlagan.Ular ham el-yurtga va maktabdagi o’quvchilarga katta xizmat ko’rsatgan.Bobom va buvim bizlarga nima tog’ri-yu,nima noto’g’riligini o’rgatib turishadi.Shoirlar ham :
 Bobomiz va momomiz,
     Otamiz va onamiz.
Sog` bo`lsin, bor bo`lsinlar!
Bu ezgu tilagimiz.
     Tinch bo`lsin makonimiz,
     Keng bo`lsin imkonimiz.
     Jahonga dong taratgan,
     O`zbekiston-uyimiz.
     Shu yurtning davlatlari,
     Keksalar omon bo`lsin!
     Ular duo qilganday,
Beg`ubor osmon bo`lsin!                                                     
deb she’rlar bitishgan.Bekorga dono xalqimiz :«Qarisi bilganni – parisi bilmas», «Qarisi bor uyning – parisi bor»deyishmagan.Chindan ham qari bobo ,buvilarimizning har bir gapirgan gaplari va qilgan ishlari bizga ibrat bo’ladi.Ularning biz kabi yoshlarning xatosini yo’qotish, ya’ni to’g’rilab berish bizga yaxshi o’rnak bo’la oladi.Bobojonim o’g’il nabiralarga ustachilik,duradgorlik,o’ymakorlik va yana shu kabi kasblarni o’rgatadi.Buvijonim esa qiz nabiralariga ,ya’ni bizlarga bichish-tikish,zardo’zlik va hakozalarni o’rgatadi.Bunday narsalarni o’rganish ziyon qilmaydi, bu sizlarga oldingizdagi hayotda as qotishi mumkin _deydilar.Abdulla Oripov shunday mehri daryo onajonlarimiz,buvijonlarimiz haqida  shunday deb yozadi:
O’ZBEK ONASI  
Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing,
Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham o‘zing,
Olamga tatirlik suyuk ham o‘zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Seni To‘maris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibixonim, Nodirai zor,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yo‘ldan qaytilmas,
Sen o‘zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.                                                     
«Jannat onalar oyg’i ostida»dir.Mehribon va jonkuyar buvilarimiz va onajonlarimiz doimo sog’ bo’lsin.
         Qo’shni bobo-buvilarimiz bizga noto’g’ri bo’lgan ishlarimizni to’g’rilashda ko’maklashadi.Oddiygina misol,biron-bir qo’shni bola axlat tashlayotganini ko’rsalar,bu bolani juda ham koyib bu ish noto’g’ri ekanligini tushuntirishadi.Bizning 97 yoshli qo’shni bobomiz ular bizga nonni uvol qilish,yolg’on gapirish,ota-onani aldash gunohdir deb uqtiradi.Bobojonimiz bizga kattalarga salom berish kerakligini,janjallashmaslikni o’rgatadilar.Ular doimo«Janjal bo’lgan uydan,qirq kun baraka ko’tariladi»deb uqtiradi.Bobojonimiz ,yana bizga ikkinchi jahon urushi yillari voqealarini ham batafsil gapirib beradi.Bugungi kunimizni qadrlab yashashamiz kerak bunday ozod va obod yurt hech qayerda yo’qdur deydilar.
          Biz mustaqillikka erishgach,barcha xalqimiz uchun katta shart-sharoitlar yaratildi.shuningdek qariyalarimizga ham.Yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2015-yil «Keksalarni e’zozlash yili» — deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 13-oktabrdagi “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni urush va mehnat faxriylarini e’zozlash yo‘lidagi ezgu va savobli ishlarning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi.Farmonga binoan 2015-yildan boshlab 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari yiliga bir marta o‘zlari uchun maqbul muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi hamda respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida bepul sog‘lomlashtiriladi.Prezidentimiz Konstitutsiya bayramidagi ma’ruzasida har qanday jamiyatning yoshi ulug‘ odamlarga bo‘lgan e’tibori va g‘amxo‘rligi uning madaniy darajasini belgilashini, sodda qilib aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylanganini alohida ta’kidladi.
Ta’kidlash joizki, Prezidentimizning farmoni bilan har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining rag‘batlantirilishi ular uchun nafaqat moddiy, balki katta ma’naviy-ruhiy madad bo‘layotir. Nuroniylarimizning bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikka, bugungi tinch va osuda turmushimizga shukronasi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchlari ularning dil so‘zlarida o‘z aksini topmoqda .O’zbekistonda bironta ham oila yo’qki,Ikkinch jahon urushi dahshatlari va sinovlarini boshidan kechirmagan bo’lsa.Prezidentimizning 2015 yil 26 martdagi farmoyishiga ko’ra joriy yilda Xotira va qadrlash kuni bayrami «Jasorat,burch,matonat» shiori ostida nishonlanadi.Yoshlar Vatanga muhabbat,ajdodlar jasoratiga sadoqat,keksalarni e’zozlash ruhida tarbiyalash maqsadida bizning o’quv muassalarimizda ham 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari,O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faxriylari va vakillari ishtirokida «Xotira va qadr»mavzusiga bag’ishlangan tadbir ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
    «Hayotimdan zavq,huzur-halovat topdim»
-deydi Berlingacha bo’lgan janglarda ishtirok etgan yurtdoshimiz,Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Odiljon ota Siddiqov
    1942 yil otaxonningt kechagidek yodida.Urush kulfatlar yog’dirdi.Qishloqda o’tkin-o’tkin  «Qora xat» lar kelib tturardi.Bolalarning osmonga termulib:«Samolyot,samolyot,dadamni olib kel,sog’indim» degan o’tinchlari keksalarning yuragini o’rtardi.O’sha yili 18 yoshga kirgan Odiljon Siddiqov ham urushga ketdi.Penza shahrida harbiy tayyorgarlikni o’tagach,o’qchi polkda Kursk,Oryol shaharlarini dushmandan ozod qilishda qatnashdi.«Jasurligi uchun» medali bilan taqdirlandi.
     1944 yil 2 mart kuni chekinib borayotgan gitlerchilar armiyasi bilan ayovsiz jangda snaryad parchasi Odiljonni chetlab o’tmadi.Boshidan jarohatlandi.Bir oy davolangach,Berlingacha bo’lgan janglarda ishtirok etdi.Urushdan omon qaytgach,40 yildan ziyod jamoa ho’jaligida ishladi.E’tiborxon aya bilan 8 farzandni voyaga yetkazib,elga qo’shdi.
     -Hayotda har bir insonning o’z yo’li bor.Halollik va tog’rilikdan qo’ymasin.Yaxshi odam birovga yomonlikni ravo ko’rmaydi.Men mana shu aqida bilan yashayapman.Hayotimdan zavq,huzur – halovat topdim,mehnatimning rohatini ko’rdim.Mustaqillikka erishganimizdan buyon ostonamizda istiqlol quyoshi porlayapti.El-yurt uchun,Vatan uchun ishlaydigan davr keldi, — deydi keksa va dono bobojonimiz Odiljon ota Siddiqov. 
Beg`ubor osmon bo`lsin!
Chirchiq shahar 24-umumiy o'rta ta'lim maktabi 8-«B»sinf o'quvchisi  Quralova  Shodiya
 
ХАСТА ДИЛНИНГ...

Нафосат гулшани
Шеърият ва адабиёт

Хаста дилнинг хасратлари хатларимга кўчяпти,

Кўчманчи карвонларига чой тутиб қўлим куйган.

Саҳроларга нигоҳ тараб юрак-от чўчияпти,

Кунларидан мадад топмай, ой кутиб йўлим куйган.

Боқиб ашкбор назарларга дийдаси қотган кўзлар,

Юрагимга кипригини мўлжаллаб ҳузур қилар.

Ҳув олисда нимадир бор- бағримни эзиб бўзлар,

Бўзловлари якун топмай, жонимга озур қилар...

Оҳ, дунёси оҳу янглиғ чопиб юрибди ҳамон,

Туёғининг товушида садо берар сўзларим.

Тамом бўлмас бу кўчимлар, ғамлар бўлмагай тамом,

Қуёшларнинг тиғларида жоним қолар бўз, ғариб...

Қарочиқни ғамлар босди, асролмадим ғанимдан,

Ёв-қайғулар талош этди бор қувонч-у омадим.

Не қилайки, хоин топдим, сотқин чиқди танимдан,

Қовурғамни маҳкам тутиб юрагимни қамадим...

Олов мисол сўзлар тусаб шошиб қолдим довдираб,

Темирдайин тишларимга урилиб тилим куйган.

Яшаяпман вафолардан умидвор, жим, жовдираб,

Ҳар қадамда ўтга дучор ғамгусор дилим куйган.

Хаста дилнинг хасратлари хатларимга кўчяпти...

Созимда Ватан васфи

Нафосат гулшани
Шеърият ва адабиёт

2013 йил ноябр ойида Тошкентдаги «Адиб» нашриётида республикамизда яшаб ижод қилаётган ёш қаламкашларнинг шеърий гулдастасидан иборат «Созимда Ватан васфи»деб номланган тўплам чоп этилди. Шуниси қувончлики, ушбу китобдан Гулистон давлат университети Филология факультети 3-босқич талабаси Шоҳсанам Қаюмованинг ҳам назмий битиклари ўрин олган.

Иқрор

Нафосат гулшани
Шеърият ва адабиёт

Олисларда қолган ҳисларим,

Мени бир бор йўқланг, илтимос.

Айтмай қўйди сирларин менга

Кўнглимдаги ширин сўз-овоз.

Ҳайқиради дунёлар нега?

Тинмай ўчин оларлар такрор.

Гунохим не, билмай мен хуноб,

Юрак қилди сўнгги бир қарор.