топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Vatan uchun o’z jonini fido qilgan o’g’lonlar xonadonlariga tashrif uyushtirildi

Гулистон давлат университети
Илм-фан


2017 yilning 6 may kuni “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami oldidan “Vatan o’z fidoiy o’g’lonlarini unutmaydi” shiori ostida Vatanimizning bugungi musaffo va yorug’ kunlarga etib kelishida o’zining mislsiz jangovar mehnat-u, jasoratlarini namoyon etgan va Ona-Vatan uchun o’z jonini fido qilgan o’g’lonlar xonadonlariga universitet rektori  B.Zakirov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nasirov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi uslubchisi Yo.Normatov, iqtidorli talabalar O.Saydullaeva va D.Ximmatovalarning tashrifi uyushtirildi.



Universitet rahbariyati va talabalari Alisher Salimovning onasi Tanya opa xonadoniga tashrif buyurishib, Alisher Salimovning oila a’zolarini kirib kelayotgan bayram bilan tabriklashdi. Shu kuni Alisher Salimov xonadoniga qo’ni-qo’shnilar ham tashrif buyurishgan ekan, ular bilan marhum Alisher Salimovning qisqa, lekin sermazmun hayoti haqida mazmunli suhbat qurildi. Talabalar Ona-Vatan uchun o’z jonini fido qilgan o’g’lonlarga atab she’rlar o’qishdi. Tashrif yakunida marhum Alisher Salimovning xotirasi yod etildi va oila a’zolariga universitet rahbariyatining bayram sovg’asi topshirildi.


 


Universitet rahbariyati va talabalar Xayrulla Bozorovning otasi To’ra akani va uning oila a’zolarini kirib kelayotgan bayram bilan tabriklashdi va Xayrulla Bozorovning oila a’zolari bilan bir piyola choy ustida suhbat qurildi. Talabalarning qiziqishlariga ko’ra To’ra aka o’g’li Xayrullaning qanday ulg’ayganligini, maktabda va oliy ta’lim muassassida qanday o’qiganligini, sportning qanday turlariga qiziqqanligini va xizmat chog’ida qanday qahramonlik ko’rsatganligi haqida suhbat qurishdi. So’ngra talabalar Ona-Vatan uchun o’z jonini fido qilgan o’g’lonlarga atab she’rlar o’qishdi. Suhbat yakunida marhum Xayrulla Bozorovning xotirasi yod etildi va oila a’zolariga universitet rahbariyatining bayram sovg’asi topshirildi.

Abdurasulova Surayyo
Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
 
 
 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.