топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Nurillo Rahimov tavalludining 60 yillik yubileyi munosabati bilan uch avlod uchrashuvi o’tkazildi

Гулистон давлат университети
Илм-фан


 
2017 yilning 13 may kuni pedagog olim Nurillo Rahimovning 60 yillik tavallud ayyomi universitetda keng nishonlandi. Asosiy tadbir Guliston shahridagi 2-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib o’tdi. Pedagog olim Nurillo Rahimovning tavallud ayyomida “Musiqa ta’limi” va “Mehnat ta’limi” yo’nalishlari talabalarining hisobot konserti va ko’rgazmasi taqdimoti ham bo’lib o’tdi.

Tadbirni universitet rektori B.Zakirov olib bordi. B.Zakirov tadbir qatnashchilarini mehmonlar bilan tanishtirib, “Musiqa va mehnat ta’limi” kafedrasi mudiri N.Rahimovning  universitetda alohida o’rni borligini, uning rahbarligida kafedra a’zolari va talabalar bilan hamkorlikda universitetda tashkil qilinayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda konsert dasturlarini namoyish qilib kelayotganini, viloyatimizda musiqa san’atini rivojlantirish borasida ustozning xizmati taxsinga sazovor ekanligini alohida ta’kidlab o’tdi.
Nurillo Rahimovning kursdoshi “Pedagogika” fakulteti dekani R.Ergashev o’zining tabrik so’zida bugungacha ustozning ijodiy va ilmiy-pedagogik yo’li haqida va qariyib 40 yildan beri ta’lim sohasida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan zahmatkash olim N.Raximov bu martabaga har tomonlama munosib ekanligini, olimning hayotda kamtarligini, oqibatli do’st va ustoz ekanligini ta’kidladi.  
So’zga chiqqanlardan, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti H.Abdukarimov, “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi dotsenti R.Mahmudov, “Biologiya” kafedrasi professori, b.f.d. A.Pozilov, “Musiqa va mehnat ta’limi” kafedrasi dotsenti B.Qurbonov va boshqalar Nurillo Rahimovning pedagog sifatidagi va san’at sohasidagi faoliyati natijasi o’laroq bir qator shogirdlari Respublika miqiyosida o’tkaziladigan “O’zbekiston — Vatanim manim!”, “Tashabbus” va boshqa bir qancha ko’rik-tanlovlarda qatnashib faxrli o’rinlarni olib kelayotganligida ustozning mehnati katta ekanligini e’tirof etishdi.
Mana, qariyib 40 yildirki, N.Raximov pedagogik jarayon bilan hamqadam, hamnafas yashab kelmoqda. Bu orada, “Bo’lajak o’qituvchini musiqiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash” mavzusida  ilmiy izlanishlari natijasida 20 dan ziyod ilmiy maqolalari  chop  etilgan hamda 3 ta  uslubiy ko’rsatmasi  amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda. Bu uning hamisha va hamon ilmning mashaqqatli yo’lida “igna bilan quduq qaziyotganidan”, hormay-tolmay mehnat qilayotganidan dalolat beradi. Biz ustozimizga uzoq umr, yanada samarali ilmiy faoliyat tilab qolamiz.

Tadbir yakunida, “Musiqa ta’limi” yo’nalishi talabalari hamda shogirdlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi, bu esa o’z navbatida barcha tadbir qatnashchilariga  katta zavq bag’ishladi.
Mazkur tadbirda universitet faxriylari, professor-o’qituvchilar va 172 nafar talabalar ishtirok etishdi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi uslubchisi
Surayyo Abdurasulova
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.