топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Huquqbuzarliklarning oldini olish” va “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari mavzularida tadbir o’tkazildi

Гулистон давлат университети
Илм-фан


2017 yil 15 may kuni universitet Yoshlar markazi binosida viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda huquqbuzarliklarning oldini olish va “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari mavzularida huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor E.Nasirovkirish so’zi bilan ochib berdi.
Kun tartibidagi dastlabki masala bo’yicha, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori, kapitan J.Salomatov so’zga chiqdi. J.Salomatov o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2833-sonli Qarorida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohada  davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari belgilab berilganligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, mazkur qaror bilan haftaning har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilanishi va ushbu kunda huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini qayd etib o’tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan viloyat IIB Yuridik ta’minlash bo’limi bosh yurist konsulti, kapitan O’.Xaydarov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asarida shunday degan edi: “Globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar”. Bu kabi salbiy holatlarning bosh omili esa, ayrim kuch markazlari tomonidan sharqona odamiylik falsafasiga ham, g’arbning demokratik qarashlariga ham mutlaqo zid ravishda “maqsad vositani oqlaydi”, qabilida faoliyat yuritilayotganligidir. Zero,“ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egotsentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlardir deb ta’kidlab o’tdi.

Tadbir so’ngida, kun tartibidagi masala yuzasidan talabalar bilan savol-javob o’tkazildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Mazkur tadbir viloyat televideniyasi tomonidan tasvirga olindi.
                                Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi uslubchisi Surayyo Abdurasulova
 
 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.