топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Guliston shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yildi

Гулистон давлат университети
Илм-фан


2017 yilning 9 may kuni viloyat markazi Guliston shahrida “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan Xotira maydonida Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yildi. Motamsaro ona haykali poyiga gul qo’yishda viloyat hokimiyati, viloyat Mudofaa boshqarmasi, huquq tartibot organlari, mahalliy hokimiyat vakillari, viloyat tashkilotlari,  jamoatchilik vakillari, shuningdek, universitet rahbariyati, faollari va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Vatanimizning bugungi musaffo va yorug’ kunlarga etib kelishida o’zining mislsiz jangovar mehnat-u, jasoratlarini namoyon etganlarning xotirasi yod etildi va ularning xotirasi uchun Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yildi.
 
Abdurasulova Surayyo

 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.