топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yaqin kunlarda sudga barcha hujjatlar Internet orqali yuboriladi

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Жамият
Yaqin kunlarda o’zbekistonliklar Internet tarmog’i orqali sudga ariza va boshqa hujjatlar bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”giQonuniga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qarorda asosiy e’tibor ushbu masalaga qaratilgan.

Qonunga o’zgartirish kiritilishdan asosiy maqsad fuqarolarning sudga murojaat etishlarini osonlashtirish, fuqarolik sudlarida elektron hujjat almashinishini ta’minlash, sud tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada AKTni joriy etishdan iborat.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ushbu tizimni amaliyotga tatbiq etishda salmoqli natijalarga erishilmoqda: “E-SUD” tizimi yo’lga qo’yilgan, chaqiruv qog’ozlari, sudga murojaat va qaror nusxalari, shuningdek boshqa hujjatlar elektronlashtirilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, fuqarolik sudini ko’rib chiqishdagi elektron hujjat almashinishi sud jarayonining barcha bosqishlarini tezlashtiradi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.