топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Startup-Miks - ochiq fikrlar maydoni

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Жамият
Poytaxtimizdagi INXA universitetida navbatdagi — «14- Startup-Miks» tadbiri bo’lib o’tdi. Unda o’ta qiziqarli va foydali ma’ruzalar qilinib, muhokama etildi.
Ilk taqdimotni Taxi.Uz loyihasining rahbari Rustam Shomurodov “Taxi.uz«ning korporativ mijozlarga xizmatini boshqarish” mavzusida ma'ruza qildi. Ma’ruza muallifi taksiga internet orqali buyurtma berish yo’li hamda yo’lovchi va haydovchining haq-huquqlarini aytib, yo’l haqi vaqt va masofaga ko’ra belgilanishini, bir km.ga 1000 so’m, bir daqiqaga esa 300 so’m belgilanishini aytib o’tdi.
Taksi haydovchisi agar yo’lovchisi bo’lsa, yo’lda boshqa bir yo’lovchini olishga haqi yo’qligini, agar bunday holat yuz bersa, tashkiloti orqali ma’muriy jazo qo’llanilishini, litsenziyasiz taksilarning xizmatidan foydalanish orqali fuqarolar davlat byudjetiga zarar yetkazayotganliklarini bildirdi.

NewMax Technology tashkilotining mutaxassislari Vchaslav Korobeynikov va Iskandar G’aniboyevlar Biotrack hamda Maxtrack mahsulotlarini takomillashtirish, B2B bulut mahsulotlarini takomillashtirishning usullari bilan tanishtirishdi.

Facebook ijtimoiy tarmog’ida yo’lga qo’yilgan Dovezu.Uz loyihasining asoschilari Shuhrat A’zamov va Jaloliddin Ibragimovlar loyihalarining yuzaga kelish sababi va qulayliklarini bayon etishdi.Tadbir qatnashchilari ma'ruza mualliflariga o'zlarini qiziqtirgan savollarini berib, mulohazalarini bildirdilar.

Uchrashuvning “Mulohazam bor” ruknida podpolkovnik Aleksandr Kiyayev “Tashkilotning axborot sirlari”, Yevgeniy Sklyarevskiy “Mualliflik huquqiga kim ko’proq da’vogarlik qiladi?”, OrexCa.com kompaniyasining rahbari Mixail Shamshidov “Content is King” mavzularini ko’tarib chiqishib, o’tirganlar bilan bahsga kirishishdi.BMTTD ning “Elektron hukumat tizimini davlat xizmatlarini sifatli taqdim etish orqali yaxshilash” loyihasi rahbari Ilhom Hamidov “Ochiq ma’lumotlar bazasi — yuksak taraqqiyot omili” mavzusida ma’ruza qilib, 19-martda data.gov.uz internet manzilida Ochiq ma’lumotlar portali test rejimida ish boshlaganligini, yaqin kunlarda portaldagi ma’lumotlarni Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasi, Markaziy bank va unda ma’lumotni joylashtirishni istagan davlatning boshqa tashkilotlari bergan ma’lumotlar asosida to’ldirilishini bildirdi.

Portal Internet tarmog’ida keyinchalik ochiq ma’lumotlar uchun “yagona nuqta” vazifasini bajaruvchi bo‘lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat.

Ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta’minlanadi.

Davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va axborotlarni ochiq ma’lumotlar ko‘rinishida e’lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manba sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin.»Startup-Miks«ning navbatdagi tadbiri may oyida bo’lishi rejalashtirildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.