топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“O‘zbekistonda elektron hukumat rivoji” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Жамият
Bugun Aloqa tarixi muzeyida xalqaro ekspertlar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida “O‘zbekistonda elektron hukumat rivoji” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda internet tarmog‘ining www.data.gov.uz manzilida faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati, uning elektron hukumat tizimi rivojidagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, Ochiq ma’lumotlar portali davlat idoralari faoliyatining ochiqligi, aholining hukumat miqyosida olib borilayotgan chora-tadbirlardan boxabar qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, muhokamalarda Yagona portalda joriy qilinayotgan so‘nggi loyiha va xizmatlar bilan tanishdilar. Xususan, soha mutaxassislari, ekspertlar tomonidan Me’yoriy hujjatlar ta’sirini muhokama qilish tizimining demokratik islohotlar hamda jamoatchilik fikrini o‘rganishdagi o‘rni, xalqaro tajriba qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilariga elektron hukumat tizimining joriy qilinish holatini baholashda muhim omil hisoblangan fuqarolarning elektron ishtiroki to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi mashg‘ulotlarni xalqaro ekspertlar ishtirokida joriy yilning 29-30 aprel kunlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalqaro ekspertlarning mazkur maxsus tashrifi BMT ning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishda e-hukumat tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.