топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Kommunal to'lovlarni elektron tarzda amalga oshirasizmi?!..

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Жамият
Uzcard tizimi tomonidan POS-terminallari orqali kommunal to‘lovlarni bir zumda amalga oshirish imkonini beruvchi IQFront tizimi joriy qilindi.
Avval «On-line» va «Duet» plastik kartalari yordamida kommunal to‘lovlarni amalga oshirganda operatorlar tomonidan iste’molchining shaxsiy hisob raqamiga pul tushganganligini tasdiqlovchi to‘lov qog‘ozi va chek taqdim etilishi zarur edi. Bunday to‘lov tizimi iste’molchilarga qator noqulayliklar tug‘dirardi. Uzcard tizimi tomonidan yangi IQFront majmuaviy yechimning ishlab chiqilishi esa, bunday nosozliklarga barham berdi.

Tizim bevosita uy-joy kommunal xo‘jaligi (UJKX) inspektorlarining mobil terminalidan kommunal xizmatlarining billing tizimi orqali bir zumda pul o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bunday yechim to‘lovlarning kechiktirilishiga yo‘l qo‘ymaydi va iste’molchilarning shaxsiy hisob raqamlariga pul kelib tushgan zahotiyoq UJKX xizmatlarini qayta ishga tushirishda yordam beradi.

Mazkur yangi tizim asosida mobil POS-terminallari orqali iste’molchi UJKX inspektorining bitta tashrifidayoq bir nechta xizmatlar, jumladan, tabiiy gaz, sovuq suv hamda elektr energiya manbalari uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Ayni paytda bank xodimlari va UJKX inspektori tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan mobil terminallarining dasturiy ta’minotini yangilash ishlari olib borilyapti. Birinchi bosqichda IQFront tizimi 2,5 mingdan ortiq POS-terminallariga ulanadi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.