топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Kirish testlari onlayn rejimda topshiriladi

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Жамият
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti 2015−2016-yilgi o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Buning uchun ular dastlab universitet saytidan onlayn ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Bu yil birinchi marta Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari abituriyentlari uchun hujjatlarni topshirishadi. Testlar may oyida Andijonda bo‘lib o‘tadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati abituriyentlari uchun esa test sinovlari iyun oyida Nukusda tashkillashtiriladi. Testlar universitet tomonidan onlayn rejimda o‘tkaziladi.

“Yangilikning asosiy maqsadi GM Uzbekistan’ning Andijon va Xorazm viloyatlaridagi zavodlari, shuningdek sanoatning boshqa muhim sohalari uchun malakali mutaxassis−muhandislar bo‘lib yetishadigan mahalliy iste’dodli yoshlarni ko‘proq jalb qilishdir”, − dedi universitetning o‘quv−metodik bo‘limi rahbari Maqsudbek Boyjonov.
Manba: daryo.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.