Elektron savdo tizimi orqali endi zarur tovarlar savdosini amalga oshirish mumkin
Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Elektron katalog O‘zRTXBning maxsus axborot portalida buyurtmachilarga yo‘naltirilgan yetkazib beruvchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Bunda buyurtmachilar elektron katalogdan o‘zilari xohlagan tovarni tanlashlari mumkin, kafolatlovchi yetkazib beruvchilar esa, oddiy yetkazib beruvchilardan farqli o‘laroq, davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolarda ishtirok etish uchun kafolat mablag‘lariini kiritmaydilar.
O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom Vazirlar Mahkamasining 26.03.2015 yildagi 69-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu hujjatga muvofiq elektron katalogda xarid qilinadigan tovarlar ro‘yxati Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Qarorning to‘liq matni bilan “O‘zRTXB” AJning maxsus axborot portalida tanishib olishingiz mumkin.
Yetkazib beruvchilarning akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi bo‘yicha Kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarini qo‘llab-quvvatlash markaziga (+998 71) 113 33 51 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Manba: uzex.uz
0 изоҳ