топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

"Elektron hukumat arxitekturasi hamda uning tuzilishini ta’minlovchi loyihalar" mavzusida davra suhbati

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Жамият
Savdo-sanoat palatasida Elektron hukumat arxitekturasi, uni tashkil etishning muhim asoslari, davlat xizmatlarini elektron shaklga o’tkazish, ma’lumotlar bazasini yaratish hamda davlat tashkilotlari o’rtasidagi hujjat almashinuvini elektron shaklga o’tkazish yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari, AKT bo’yicha koreyalik maslahatchi Kim Nam Sok, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining direktori Sherzod Habibullayev, Savdo-sanoat palatasining rahbari Alisher Shayxov, BMT dasturlarini takomillashtirish bo’yicha doimiy vakilning o’rinbosari Farid Qoraxonov, BMTD Samarali boshqaruv bo’limi rahbari Aziza Umarova hamda Soft kompaniyalari, elektron hukumat markazining mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi.

Savdo-sanoat palatasi rahbari Alisher Shayxov davra suhbatini ochar ekan, ishbilarmonlikni rivojlantirishda Ochiq ma’lumotlar bazasining ahamiyati muhim ekanligini, jismoniy va yuridik shaxslar undan erkin foydalanishlari darkorligi – bu elektron hukumat tizimining bir elementi va Davlatimiz rahbari hamda Bosh vazir ham ushbu tizimni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotganligini ta’kidladi.Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazining direktori Sherzod Habibullayev nutqida, “Davlat tashkilotlarida bugun elektron hukumat tizimini takomillashtirish borasida yuksak islohatlar olib borilmoqda. Bugun elektron hukumat tizimida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqib, uni ko’rish jarayonida yuzaga kelgan fikr-mulohazalar hamda takliflaringizni bildirasiz. Sizning mulohazangiz kelgusi faoliyatdagi samaradorligimizga o'z ta'sirini ko'rsatadi" — deb barchaning diqqatini elektron hukumatda olib borilayotgan ishlarga qaratdi.

BMT dasturlarini takomillashtirish bo’yicha doimiy vakilning o’rinbosari Farid Qoraxonov O’zbekistondagi elektron hukumatni rivojlantirish jabhasidagi eng kuchli ekspertlarni jalb qilishga tayyorligini bildirdi.

Davra suhbatini ochilishidan so’ng “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining yetuk mutaxassislari, “USD Micros” MChJ QK ning Bosh direktori Xrimpach M., BePro dasturchilar markazining mutaxassisi G.Stimbanlar so’zga chiqishib Ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish, uni davlat tashkilotlari bilan texnik aloqasini yo’lga qo’yish masalalarining yechimini ko’rsatishdi hamda o’tirganlarning savollariga javob berishdi.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari, AKT bo’yicha maslahatchi Kim Nam Sok so’zga chiqar ekan, Koreya tajribasidan kelib chiqqan holda idoralar o’rtasidagi hujjat almashinuvida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari xususida amaliy maslahatlar berib o’tdi:- “Ochiq ma’lumotlar portalini qilish jarayonida avvalambor unda hujjatlarning tilini belgilab olmoq shart. Sababi Portal ikki tilda – o’zbek va rus tillarida faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, o’zbek tili ikki alifbo-kirill va lotin alifbosida yuritiladi. Bu esa o’z navbatida uch barobar mablag’ sarflash demakdir”.
Uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsadga muvofiq Elektron hukumat tizimini rivojlantirish borasida kelgusi qilinadigan ishlarning rejasi hamda hamkorlik aloqalari yuzasidagi ishlar kelishib olindi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.