топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Bozorlar haqida ochiq ma'lumot

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Жамият
Har birimiz bozor haqida ko‘p marta eshitganmiz. Bolaligimizdan bozorning bevosita ishtirokchisiga aylanganmiz va bizning xohish-istaklarimizdan qat’iy nazar butun umrimiz davomida bozorning bir bo‘lagi bo‘lib qolamiz. Bozor nima ekanligini yaxshi bilishimizga qaramay, unga aniq ta’rif berishga qiynalishimiz mumkin. Bu haqda fikr-mulohazalar yuritishdan avval, iqtisodchi-olimlar tomonidan bozorga berilgan ta’riflarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bozorning eng sodda va nazarimizda eng tushunarli ta’rifi:

Bozor — sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy.

Endi ozgina qiyinrog‘ini ko‘ramiz:

Bozor- bu xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bog‘laydigan mexanizmdir.

Bozorning murakkab ta’rifi:

Bozor — iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki salbiy) samara darajasida ob’yektiv sodir bo‘luvchi bozor tovarlari bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti bo‘lib, unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan ob’yektiv narxlarda qondiriladi.

Yuqoridagini anglash qiyonroq bo‘lsa-da, u bozor tushunchasini kengroq ochib beradi. Hozirgi paytda, ayniqsa, bir-biri bilan bog‘lanib ketgan, integratsiyalashgan bozor sharoitida, qanday tovar ishlab chiqarish kerakligi, qancha, kim uchun va qaysi hududda ishlab chiqarish kerakligi haqida ma’lumotning yagona manbasi-bozordir. Bozor bilan hisoblashmagan xaridor va sotuvchi yutqazadi.

Ochiq ma’lumotlar portalida mamlakatimizda mavjud bo’lgan hududlardagi 595 ta bozor va savdo majmualari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Ma’lumotlar to’plami bozor va savdo majmualarining nomi, STIR va ularning manzillari tugrisidagi ma’lumotlardan tashkil topgan. Ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taqdim etdi,

Qiziq-a, birgina poytaxtimizning o’zida 41 ta bozor va savdo majmualari mavjud ekan.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.