топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

BJR bo’yicha Koreya tajribasini o’rganish yuzasidan videokonferensiya

Электрон ҳукумат – мамлакат тараққиётининг гарови
Жамият
Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Koreyaning Axborot jamiyati yo’nalishida faoliyat olib boruvchi NIA agentligi o’rtasida imzolangan davlat tashkilotlarida operatsion va ma’muriy jarayonlar reinjiniringini tashkil etish Memorandumga muvofiq, 20 va 21- aprel kunlari “O’zbektelekom” AJning ATMda videokonferensiya o’tkazilmoqda.Konferensiya doirasida “Reinjiniringning asosiy yo’nalishlari hamda metodologiyasi”, “Biznes jarayonlarni BPMN 2.0 ni qo’llagan holda modellashtirish, Koreya Respublikasining ilg’or tajribasini o’rgangan holda jarayonlarni tahlil qilish jihatini oshirish” mavzularida seminarlar olib boriladi.Seminarda BJR(biznes jarayonlarini rivojlantirish” uslublari namoyish etiladi, amaliy maslahatlar beriladi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining Qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirish bo’limi boshlig’i, Bosh yurist Dilbar Holiqovaning so’zlariga ko’ra, “Bugungi axborotlashtirish asrida ijtimoiy munosabatlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’sirida modernizatsiyalashmoqda. Elektron hukumat tizimini rivojlanishi esa davlat xizmatlari ko‘rsatilishi tartibini takomillashtirmoqda. Bugungi kunda rivojlangan demokratik davlatlari kabi O‘zbekistonda ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik yagona tizimi rivojlanmoqda. Shu o‘rinda elektron hukumat tizimining ajralmas qismi bo‘lgan biznes-jarayonlar ham jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Biznes-jarayonlar deganda mijozga natijalarni taqdim etuvchi birgalikdagi jami harakatlar majmui tushuniladi. Bugungi Koreyalik ekspertlar bilan bo‘lib o‘tgan videoseminarda aynan mazkur biznes-jarayonlarni tarkibi, uning tahlilini maqsadlari, biznes-jarayonlar reinjiniringi yo‘nalishlarini diagnostikasi masalalari muhokama qilindi. Videoseminarda, shuningdek, biznes-jarayonlarni maqbullashtirishning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lmish mijozlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda samaradorlikni oshirishga oid masalalar ham muhokamalarning markazida bo‘ldi”.Videokonferensiya ertaga ham o’z ishini davom ettiradi. Unda mamlakatimizning vazirliklari hamda davlat tashkilotlaridan vakillar qatnashishadi.

Eslatib o’tamiz, bugungi kunda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Koreya Respublikasining AT sanoatini takomillashtirish Milliy agentligi(NIPA)ning mutaxassis-konsultantlari Kim Sang Te va Cho Chul Solar faoliyat olib borishmoqda hamda ular AKT tizimining elektron hukumat jabhasidagi faoliyatning samaradorligini oshirish yuzasidan maslahatlar berishmoqda.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.